Kimyoviy tarkibi .
Tog‘ jambilining er ustki qismi tarkibida 0,17-0,6 % efir moyi,
0,7 % triterpen kislotalar, kumarinlar, 3,2 % flavonoidlar, 3,8 % rozmarin kislotasi, smola,
urug‗ida 25 % gacha yog‗ bor. Efir moyi tarkibida 42 % gacha fenollar (timol va
karvakrol) bо‘ladi. О‘simlikda efir moyi er ustki qismida yashil shoxchalarida gullash
vaqtida kо‘p tо‘planadi. Efir moyi ho‘l yoki quritilgan o‘simlik qismlaridan suv bug‘i
yordamida haydab olinadi. U tez uchuvchan, sarg‘ish suyuqlik, o‘ziga xos hidi bor.
Zichligi 0,901-0,935, refraksiya soni 1,490-1,500. efir moyi tarkibida 42 foizgacha
fenollar (asosan timol, qisman kavrakrol), simol, penin, borneol, linanol va boshqa
birikmalar bo‘ladi. Bundan tashqari oddiy tog‘ jambilda azotli moddalar, qand, kletchatka,
mineral moddalar ham mavjud. Tog‘ jambil yaprog‘idagi dorivor efirlar va antiseptik
moylar unga xushbo‘y hid beradi.
Ishlatilishi. Hozirgi kunda tog‘ jambilini yashil qismi quritilgan holda ishlatiladi.
Insonlarning kunlik ovqat ratsionida, ayniqsa sabzavotli va go‘shtli taomlar hamda turli xil
salatlar tayyorlashda foydalnilsa ajoyib ta‗m beradi Bundan tashqari xushbo‘y asal
tayyorlashda ham ishlatiladi. Efir moyining qimmati uning tarkibidagi timolning 40-42
foizgacha uchrashi bilan belgilanadi. Bundan tashqari tog‘ jambilida azotli moddalar,
qand, kletchatka, mineral moddalar bor.
Tog‘ jambil azaldan odamlarga qimmatbaho dorivor o‘simlik sifatida ma‗lum.
Tibbiyotida (Bolgariyada) bronxial astma va oshqozon ichak kasalliklarida, Fransiyada esa
kislotalardan kuyib qolganda ishlatilgan. Armanistonda Tog‘ jambildan olingan spirt
yurak, jigar va ich ketish kasalliklarida davolovchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Tog‘ jambilidan tabobatda dizenfeksiyalovchi, og‘riq qoldiruvchi, balg‘am
ko‘chiruvchi, gijjaga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Quyuq ekstraktlaridan esa tomoq va
bronxlar, oshqozon-ichak kasalliklarida, uyqusizlik, bo‘g‘im kasalliklari, asab va teri
kasalliklarida, hamda stamologik muammolarda ishlatiladi. Bu o‘simlik spirtli
ichimliklarga moyillikni kamaytirib, alkogolizmni davolashda qo‘llaniladi. Shuningdek
tog‘ jambilni radikulit kasalligi, hamda nerv tomirlarining shamollashi bilan bog‘liq
bo‘lgan kasalliklarda og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi.
O‘simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan suyuqlik bilan og‘iz chayqalsa
tanglay qurishi, milklarning yallig‘lanishini oldini oladi. Radikulit, revmatizm va
moddalar almashinuvining buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarda tog‘ jambili o‘simligidan
vanna qilish yo‘li bilan davolanish tavsiya etiladi. Bolalar tajribasida esa uyqusizlik,
toshma toshishi, teri kasalliklari, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kabi kasalliklarda
~ 60 ~
ham foydalaniladi. Teri kasalliklarida jambildan tayyorlangan suyuklikka dokani namlab
terining xastalangan qismiga bog‘lanadi.