Fanidan Amaliy mashg’ulotlar


Mavrak to‗pgullarida 0,58% efir moyi, o‗tida qumarinlar,  flavonoidlar, saponinlar va boshqa moddalar bor.  Ishlatilishi



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
Mavrak to‗pgullarida 0,58% efir moyi, o‗tida qumarinlar, 
flavonoidlar, saponinlar va boshqa moddalar bor. 
Ishlatilishi.
 
Mavrak barglari sharbatidan ilmiy tibbiyotda burishtiruvchi, 
mikroblarni yo‗qotuvchi, yalligianishga qarshi vosita sifatida, og‗iz shillig'i pardasining 
yalligianishi, yuqori nafas yo‗llari yallig‗lanishi kasailiklarida, og‗iz va tomoqni 
chayishda ishlatiladi. Yurak dorilari va boshqa vositalar tarkibiga kiradi. Gullari 
mikroblarni yo‗q qiluvchi "salvin" dorisini olishda qo‗llaniladi. 
O‘stirish texnologiyasi

Mavrak o‗simligini respublikamizda tarqalgan tuproq va 
uning iqlimini hisobga olgan holda, sug‗oriladigan erlarda o‗stirish ulardan ko‗proq va 
sifatli xomashyo yetishtirish imkonini beradi. Mavrak o‗simligini sug'oriladigan 
unumdorligi yuqori o‗rtacha mexanik tarkibli tuproqdarda o‗stirish yaxshi natija beradi. 
Ko‗p yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko‗rsatdiki, yovvoyi holda o‗sadigan dorivor 
o‗simliklarga nisbatan ekib o‗stiriladiganlarining tarkibida biologik faol moddalar to‗liq 


~ 57 ~ 
saqlanishi aniqlangan. Ularning tarkibida ko‗p miqdorda komponentlarining saqlanishi 
va bu moddalardan tibbiyotda to‗liq foydalanishda o‗simlik xomashyolarini to‗g‗ri va 
vaqtida yig‗ib olish asosiy ahamiyat kasb etadi.
Dorivor mavrak o‗simligidan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun agrotexnik 
tadbirlami yuqori saviyada o‗tkazish kerak bo‗ladi. Dorivor o‗simliklardan yuqori hosil 
olishga qaratilgan barcha agrotexnik chora-tadbirlar orasida erni ishlash asosiy ahamiyat 
kasb 
etadi. 
Chunki 
er 
ishlanganda 
tuproqning 
fizik, 
kimyoviy 
va 
biologik xossalari yaxshilanadi, shu bilan bir qatorda barcha agrotexnik tadbirlaming 
samaradorligi ortadi, o‗simlikning o‗sishi va rivojlanishi tezlashadi. 
Mavrak o‗simligi issiqsevar, yorug‗likni yaxshi ko‗radigan, qurg‗oqchilikka 
chidamli ekin hisoblanib, u ekilgan erlardan 4-5 yil davomida foydalanib yuqori hosil 
olish mumkin bo‗ladi. Mavrak ekiladigan erlami kuzda tayyorlanadi va er haydash 
oldidan tuproq unumdorligini bir holatda saqlab turish, o‗simlikni o‗sish davrida yaxshi 
rivojlanishi uchun gektar hisobiga 20 tonna mahalliy o‗g‗it va yillik normaning 70% 
hisobidan fosfor o‗g‗itini berib, 25-30 sm chuqurlikda sifatli qilib haydab qo‗yiladi. 
Erta bahorda er tekislanadi va begona o‗tlar qoldiqlaridan tozalanadi. Urug‗i mait-aprel 
oylarining boshlarida tuproq harorati 15-17°C bo‗lganda qator oralari 60-70 sm qilib 2-
4 sm chuqurlikda sabzavot ekadigan uskunalarda ekiladi va gektariga o‗rtacha 8 kg 
sifatli urug‗ sarflanadi.
Mavrakni kech kuzda ham eksa bo‗ladi. Maysalar bahorda urug‗ ekilgandan keyin 
12-14 kunda unib chiqa boshlaydi. Birinchi kunlarda maysalami sekin o‗sishi kuzatila 
boshlaydi va begona o‗tlar orasida qolib ketmasligi uchun erlami kultivatsiya va 
yumshatib turiladi. Mavrak zich ekilganda yoki begona o‗tlar ko‗payib ketganda, bahor 
seryomg‗ir kelganda o‗simliklarda kulsimon zamburug‗lar va zararkunandalaming 
ko‗payib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak.
O‘simlik tupida ikki juft chinbarglar hosil bo‗lganida har 15 sm oralig‗ida 
uyachalar 2-3 tadan o‗simlik qoldirib yagana qilinadi. O‘simliklaming ildiz tizimiga 
zarar yetkazmasdan ehtiyotkorlik bilan qator oralariga ishlov berish tavsiya etiladi. 
Tuproqning namligi va o‗simlikning holatiga qarab sug‗orishni tabaqalab o‗tkazish 
lozim. Mavsum davomida mavrakni birinchi yili 7-8 martagacha sug‗orish tavsiya 
etiladi. Mavrak bargaining sathi kattalashishi va ildiz tizimining rivojlanishi davrlarida 
u suvni ko‗p talab qiladi. Mavrak o‗simligini yaxshi o‗sishi va rivojlanishi 
uchun uni o‗g‗itlash eng muhim agrotexnik omillardan biri hisoblanadi. 
Mavrakni oziqlantirishni maysalar unib chiqqandan keyin ularning yaxshi 
rivojlanishi uchun qator oralariga ishlov berish bilan bir vaqtda gektar hisobiga azot 
o‗g‗itidan 30 kg va 25 kg dan kaliy berishdan boshlash lozim. O ‗g‗itlami 10-12 sm 
chuqurlikka kirgizish tavsiya etiladi. Ikkinchi oziqlantirish esa shonalash fazasida, 
sug‗orishdan oldin gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg fosfor o‗g‗itini berish 
bilan amalga oshiriladi va uning rivojlanishi yanada tezlashadi.
Oxirgi oziqlantirish mavrak o‗simligi gullagan davrda gektar hisobiga 40 kg azot 
va 25 kg kaliy o‗g‗itini qo‗llash bilan tugatiladi. Kaliyli o‗g‗itlar mavrakning sovuqqa 
chidamliligini ancha oshiradi.
Mavrak o‗simligi rivojlanish davrida, ayniqsa, gullash fazasida ozuqa elementlami 
ko‗p talab qiladi. O‘simlikni oziqlantirish sug‗orishdan oldin amalga oshiriladi. Shulami 


~ 58 ~ 
hisobga olgan holda vegetatsiya davomida mavrak ekilgan maydonlarga o‗rtacha 
gektariga 100-110 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o‗g‗iti bilan oziqlantirilsa yaxshi 
natija beradi. Birinchi yili ekilgan mavrak bargining hosilini sentabr oyida 
bir marta yig‗ib olinadi. Ikkinchi yili mavsum boshlanishi oldidan o‗simlikning er ustki 
qismi 5-8 sm qoldirib qirqiladi, eski shoxlari qirqilib daladan chiqarib tashlanadi. 
Birinchi terim sentabr oyining oxirida tugatiladi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin