UCHINCHI BO LIM
III
bob. Bog‘-park qurilishida yo‘l va
maydonchalar barpo etish
Bog‘-park qurilish ishlarida asosiy konstruktiv elementlar -
yo‘lakchalar qurish, maydonchalar, maysazorlar, gulzorlar barpo
etish,
shuningdek, manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini o‘tqa-
zishda quyidagi asosiy tayyorgarlik ishlari bajariladi: ajratilgan
yer maydonlarini joylarda o‘rganib chiqish, ko‘kalamzor-
lashtirilayotgan hududlami himoyalash va hokazolar.
Bog‘-parklarda yo‘l va maydonchalar qurish, asosan, bog‘da
harakatlanayotgan texnika vositalari va piyoda yuruvchi yo‘lov-
chilar, shuningdek, sayr-tomosha qiluvchilar
uchun rejalashti-
riladi.
Ushbu yo‘l va yo‘lakchalar bog‘ga tashrif buyurganlarning
bog‘ning har bir elementiga yetib borishi uchun zarur bo‘ladi.
Bu bog‘
elementlari, asosan, sayr etib yuruvchilar yo‘laklari,
dam oluvchilaming tinch, sokin manzillari bo‘lgan besedkalar,
sport o‘yingohlari maydonchalari va hokazolar.
3.1-rasm. B og‘ga tashrif buyuruvchilaming
sayr qilishi uchun y o ‘laJclar qurish.
28
Yo‘l va yo‘lakchalar bog‘-park umumiy yer maydonining 5-
25% ini tashkil etadi.
Bog‘da yo‘l va yo‘lakchalardan
foydalanish besh sinfga
bo‘linadi:
Birinchi sinf
asosiy magistral yo‘llar, yo‘lakchalar, alleya
lar, ya’ni xiyobonlar bo‘lib, asosiy tashrif buyuruvchilar oqimi
ushbu yo‘llarda harakatlanib sayr qiladi. Bu yo‘llaming eni 10-
30 m gacha bo‘lib, ustki qismi
qattiq holatda uzoq davom
etadigan, chidamli konstruksiyadan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi sinf
ikkinchi darajali yo‘l va yo‘lakchalardan iborat
bo‘lib, asosiy magistral yo‘l bilan bog‘ning boshqa elementlarini
yo‘l va yo‘lakchalar orqali bog‘laydi, shuningdek,
tashrif
buyuruvchilarning bemalol sayr qilishiga sharoit yaratadi. Uning
eni 4,5-10 m bo‘lib, yuza qismi to‘rt burchakli qattiq plitalardan
iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: