bunday ulkan ishlami mamlakatimizning barcha shahar va
qishloqlarida amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida aniq ma’lu-
motlar berilgan. Demak, yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘ri-
nib turibdiki, mamlakat iqtisodini, shuningdek, xalq xo‘ja-
ligining barcha sohalarini rivojlantirishda keskin o‘zgarishlar
bo‘lishi zarur. Xuddi shunday ishlarga ko‘kalamzorlashtirish
sohasida ham talab katta.
Bizga ma’lumki, zamin tabiati shunday yaralganki, uning
tirik mavjudot uchun beradigan saxovati tufayli odamzot va
butun fauna, hayvonot olami oziqlanadi, kiyinadi va eng
asosiysi, uning bag‘rida hordiq chiqaradi, dam oladi. Ana shu
tabiatning rango-rangligi tufayli Yer yuzida hayot bor, rivoj-
lanish va taraqqiyot bor. 0 ‘z navbatida, tabiatning o‘zi ham
gurkirab tovlanadi, inson aqlini lol qoldirib mo‘jizalar yaratadi.
Masalan, biz yashayotgan diyorda fasllaming almashinuvi,
yashil o‘simliklarining faslga qarab o‘zgarib turishi, barglarining
yoyilishi, turli xil ko‘rinishdagi gullar namoyon qilishi,
bulaming barchasi moviy osmon ostidagi ona tabiatning
mo‘jizasidir. Shuning uchun ham tabiatga uning ne’matlariga
to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, atrof-muhitni muhofaza qilish
muammosi alohida e’tiborga loyiqdir.
Bizga ma’lumki, ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon
milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning,
bashariyatning muammosiga aylanib qolgan. Bugun butun
sayyorada suv ummonidagi abadiy muzliklaming erib borayot-
ganligi, haroratning ko‘tarilishi atmosferada salbiy o‘zgarishlar
sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. Buning oldini olish uchun Yer
yuzini yashil o‘simliklar dunyosiga, gul-u gulzorga burkash
kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: