o‘simliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular tirik mavjudot
uchun va atrof-muhitning sanitar-gigiyenik holatini yaxshilashda
juda katta ekologik ahamiyatga egadir. 0 ‘simlik olami shamol
harakati kuchini, shovqinini pasaytiradi, issiqlik rejimini
boshqarib turadi,havo tarkibini har xil zaharli gaz oqimlaridan
tozalaydi, eng asosiysi, tirik mavjudot uchun kislorod zaxirasini
yetkazib beradi. Bunday ijobiy omillaming barchasi juda katta
ahamiyatga egadir.
Ko‘kalamzor hududlar shahar aholisi va aholi yashash hu-
dudlarida dam olish uchun eng yaxshi muhit hisoblanadi. Shahar
arxitektura landshaftida ham yashil o‘simlik dunyosining o‘mi
beqiyosdir. Shahar sharoitida mikroiqlimning shakllanishida,
havo harorati, yog‘in miqdori, havo va tuproqning namligi,
shamol rejimi, atmosfera bosimining me’yorida boMishida yashil
o‘simlik dunyosining o‘z o‘mi bor.
Dostları ilə paylaş: