Profili bo‘yicha rabatkalar bir tomonli va ikki tomonli
bo‘ladi. Ular bir yillik va ikki yillikdan, parklarda ko‘p yillikdan
yaratiladi. Rabatkalar hamisha bir xil va statik uslubda barpo
qilinadi.
Katta ko‘lamlikka aniqlangan interval orqali past o‘sadigan
butalar kiritiladi. Ulami chegaralab yotqizilgan jo ‘yakli yo‘lning
kengligi 0,5m dan kam bo‘lmagan gazon bilan ajratiladi. Yo‘lga
yaqin rabatkalar uchun gullaming anchagina nozik bo‘lgan nav-
laridan foydalaniladi. Sezilarli masofada ko‘rinishi mo‘ljal-
langan rabatkalar uchun ko‘p yillik, juda ko‘p gullaydigan, zich
qilib joylashtirilgan gullar ekiladi.
Klumba (gulzor) - qat’iy geometrik shakllarga, yirik
bo‘linishdagi oddiy tasvirga ega bo‘lgan ammo sezilarli kam
maydonli gulzordir. Ular bir yillik va ikki yillik gulli
o‘simliklardan yaratiladi. Keyingi vaqtlarda ko‘proq ko‘p
yilliklardan foydalanilmoqda. Past o‘sadigan, ixcham, zich
to'yingan fakturali, ko‘zga tashlanadigan qilib bo‘yalgan
o‘simliklar qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: