Murakkab massiv
daraxtlar balandligining har xilligi
dekorativ sifatlari turlicha bo‘lishidan iborat. Ikki yarusli massiv
quyidagicha turkumlashdan iborat bo‘lishi mumkin: birinchi
yarusda qayin; oddiy qoraqarag‘ay ikkinchi yarusda; birinchi
yarusda oddiy qarag‘ay; maydabargli jo ‘ka ikkinchida; birinchi
yarusda bandli eman va ikkinchi yarusda oddiy grab yetilmagan
56
marjon daraxti bilan beresklet. Massivda ekinlami zich
o‘tqazishni hisoblaganda, har bir nusxa erkin shakllanishiga
sharoit yaratish, ya’ni daraxtlami bir-biridan 4-8 m oralig‘ida
joylashtirishdan kelib chiqish kerak.
Landshaft guruhlari - daraxtlar va butalardan erkin
kompozitsiya. Daraxtsimon, butasimon va aralash guruhlarga
ajratiladi. Guruh tarkibiga 2-3 dan 10-12 gacha bo‘lgan
0
‘sim-
liklar kiradi. Guruhlar konstrastli yoki bir navli, qalin yoki
siyrak bo‘lishi mumkin. Guruhlami tuzishdagi keng imkoniyat-
lar ulaming landshaft kompozitsiyasidagi asosiy elementlardan
biri deb qabul qilinadi. Guruhlar tarkibi tuproqning tavsifi, o‘tlar
qoplamasi va toza bo‘lishi, ya’ni bir navdan va aralash - bir
necha navdan tuzilganligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Daraxtlami
taqsimlash uslubi va navlarini tanlash bo‘yicha ular zich va
siyrak (nafis) bo‘ladi. Siyrak guruhlar ko‘proq qayinlardan,
zarang (klen) daraxtidan, tut daraxtidan va boshqalardan
shakllanadi. Zich guruhlar, asosan, eman, kashtan va tikanli
qoraqarag‘aylardan tarkib topadi. Guruhlarga toq sonli
daraxtlami kirgizish va shaxmatli juft joylashtirishga ruxsat
berilmaydi. Guruhlarda daraxtlar orasidagi masofa mayda
materiallarda 1,5-2 m (keyinchalik yashashi bilan) va katta
yoshda 3-4 m va 5-10 m. Guruhlarda daraxtlaming maqbul soni
- 3 ta.
Rekreatsion maydonlarda buket guruhlari juda ham
samaralidir. Bunday guruhlar bir necha daraxt tanalari (shumtol,
terak, qayin, jo ‘ka, kashtan, eman) chiroyli, zich shox-shabbalar-
ning katta diametrini tashkil etadi va quyoshdan saqlovchi tabiiy
soyabon bo‘lib hisoblanadi. Fazoviylikni jalb qilishda unchalik
katta bo‘lmagan dam olish hududini tashkil etish “yopiq”likni
his qilishni yaratish maqsadida qo‘llaniladi. Soxta guruhlar
mo‘ljallanmagan obyektlami bezatish uchun qo‘llanilishi
mumkin (har xil mahsulot qoldiqlarini yig‘ish, avtomobillar
to‘xtash joyi va boshqalar).
Soliter
(fransuzchada
“xilvat,
yolg‘izlik”
ma’nosini
bildiradi) - massivdan yoki daraxtlardan alohida ekilgan daraxt,
57
buta. Soliter usulida biologik to‘laqon va dekorativ ma’nodor
daraxtlar, ko‘rinishning maksimal xususiyatini aks ettirish,
o‘zida ifoda etishi kerak. Soliterlami guruhlar yoki daraxtlar
massivi, kichik me’moriy shakllar, o‘yingoh yaqiniga bevosita
joylashtirishda, albatta, ushbu nusxa kontrast uyg‘unlikdan
iborat bo‘lishiga intilish kerak.
Soliterlami joylashtirish usullari ham turlicha bo‘lishi
mumkin. Yakka daraxtlar uncha katta bo‘lmagan o‘tloq
markazida joylashtirilishi mumkin, bunday holda u zich shox-
shabbalar bilan birinchi yoki ikkilamchi o‘lchamda bo‘lishi
lozim (bular qayin, kashtan va boshqalar bo‘lishi mumkin).
Daraxt keyin keladigan harakat to‘siqlariga yoki yo‘lning
ayrilish joyi, ya’ni chorrahani ifodalashga xizmat qilishi
mumkin. Yakka daraxtlaming juda ko‘p miqdorda bo‘lishi
ulaming dekorativ ahamiyatini zaiflashtiradi. Daraxt tomosha-
binga, kuzatuvchiga, bog‘-parklarga tashrif buyuruvchilarga
qancha yaqin bo‘Isa, uning qidirib topadigan elementlari
shunchalik ko‘p bo‘lishi kerak; daraxt tomoshabindan uzoq
joylashsa, tanlashdagi e’tibor uning siluet tasviriga qaratilgan
bo‘lishi kerak. Tomoshabin va yakka daraxtning oralig‘i, kam
deganda, uning ikki balandligi masofasida bo‘lishi kerak. Uncha
katta bo‘lmagan uchastkalarda qidirib topilgan detallaming
maqsadli nusxalari: oddiy chetan, oq qayin, o‘tkir bargli zarang,
qoraqarag‘ay va boshqalar.
Soliter o‘tkazmalar uchun butalar, odatda, shoxsiz poya
shaklida foydalaniladi (oddiy siren, shumurt (cheremuxa), qor
mevasi va boshqalar). Yakka o‘simliklar har qanday maydon-
ning sokin dam olish siluetini yoki o‘yin maydonchasidagi shox-
shabbalaming original shaklini boyitadi (kashtan, tikanli
qoraqarag‘ay,
sadaqayrag‘och) yoki muayyan kayfiyatni
yaratishga imkon tug‘diradi (o‘yin maydonchasiga kiraverish-
dagi kumush zarang, dam olish maydonchasidagi dekorativ
basseyn oldidagi shoxlari pastga egilgan majnuntol).
Xiyobon o‘simliklari turlari har qanday fazoviylikni rejalash
tizimini aniqlashda, piyodalar uchun yo‘lkalar va xiyobon-
58
laming
turli
hududlarini
bog‘lash
uchun
loyihalashda
qo‘llaniladi.
Xiyobonlami quyidagi tartibda ajratish kerak: ahamiyatli
rejalashtirish elementlarini bog‘lovchi; asosiylari - turli
belgilangan maqsadli maydonlami o‘zaro birlashtimvchi;
ikkinchi darajali - turli-tuman kirishga olib boruvchi; dekorativ
- uncha katta bo‘lmagan dam olish uchastkalarida kichik bir
hududni tashkil etish. Xiyobonlaming kengligi ulaming
funksional vazifasiga qarab, piyodalar oqimining intensivligiga
va 0,75 dan 3,5 m. gacha o‘zgarib turishiga bog‘liq.
Asosiy xiyobonlarga yashil ekinlami o‘tqazish, qoidaga
ko‘ra, muntazam uslubda loyihalanadi. Asosiy va ikkinchi dara
jali xiyobonlami ko‘kalamzorlashtirishda muntazam, aralash va
erkin uslublardan foydalanish mumkin. Epizodik (voqea,
hodisa) harakat uchun mo‘ljallangan xiyobonlar, ko‘proq
landshaft
uslubida
loyihalanadi.
Xiyobonlar
uchun
o‘tqaziladigan daraxtlaming tanasi bir tekis, to‘g‘ri va
rostlangan shox-shabbaga ega bo‘lishi kerak. Agar asosiy
xiyobonning cho‘zilishi 200 m bo‘lsa, tekis qatlamda maqsadli,
daraxtlar ikki tomonlama o‘tkaziladi (jo‘ka, chinor, zarang,
kashtan, terak va boshqa daraxtlar). Agar xiyobonning uzunligi
300-600 m va uni tez-tez ikkinchi darajali yo‘llar kesib o‘tsa,
har doim bir xil qatorlab o‘tqazilgan joylaming zaiflashib
ketganini ta’kidlab ko‘rsatish kerak.
Dostları ilə paylaş: |