Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


-rasm. Maysazor va y o ‘laklar atrofida yashil



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

6.22-rasm. Maysazor va y o ‘laklar atrofida yashil
kompozitsiyalar barpo qilish.
75


Yosh ko‘chatlarga nisbatan katta yoshdagi daraxt ko‘chat- 
larining tutib ketishi ancha mushkulroq. Ko‘chatxonadan kovla- 
nayotgan ko‘chatlami ildiz tuprog‘i bilan olishda o‘zining max- 
sus o‘lchami bor. Uning o‘lchami daraxt turiga, ildiz tizimining 
tuzilishiga va ko‘chirish vaqtiga ham bog‘liq. Shuningdek, 
daraxtning 1,3 metr balandlikdagi diametriga ham bog‘liq. Dia­
metri 4,5 sm dan boshlanadi, ulaming komi 1,0x1,0x6 m dan 
iborat bo‘ladi. Ko‘chatlami ildizi bilan ko‘chirishda uning ildiz 
tizimi maxsus yashiklarda, selofanli qoplarda tezda olib 
ko‘chirib ekiladi. 
0 ‘z
vaqtida parvarishlash ishlarini olib borib
katta yoshdagi ko‘chatlami saqlab qolsak, ular tezda ko‘zga 
tashlanadi va ko‘rkam kompozitsiya bera oladi. Manzarali 
ko‘chatlami turlari bo‘yicha ekishda ekish sxemasida qanday 
o‘simlik turi bilan bilan ekish ko‘rsatiladi. Masalan: guruhga 
olib, qatorga olib yoki biror-bir kompozitsiya shakllantirishda. 
Lekin bog‘-parklardami yoki xiyobonlardami, doimo manzarali 
o‘simlik dunyosini parvarishlab borish kerak bo‘ladi.
6.23-rasm. Parvarishlangan daraxtzorlardagi so‘lim xiyobon.
Manzarali daraxtzorlami parvarishlash, kesish ishlarining 
quyidagi turlari mavjud:
76


- daraxtzorlar ichiga yorug‘lik tushirish, yosh daraxtlarda to- 
zalash ishlarini o'tkazish, daraxtlaming yaxshi o‘sib, rivojlanib, 
shaklga ega bo‘lishidagi kesishlar;
- bog‘-parklarda manzarali o‘simliklaming manzarali, 
sanitar-gigiyenik, estetik va boshqa bir nechta foydali xusu- 
siyatlarini ko‘tarish maqsadida;
- daraxtzorlaming turlari bo‘yicha tarkibini yaxshilash;
- daraxtzorlaming chidamlilik va sifatini oshirish;
- daraxtzorlaming tozalik jihatidan xususiyatini oshirish;
- daraxtzorlaming hosildorlik xususiyatlarini oshirish;
- daraxtzorlaming manzarali xususiyatini oshirish.
Yorug‘lik tushirishdan asosiy maqsad - daraxtzorlar
tarkibini yaxshilash va asosiy daraxt turlari rivojlanishiga sharoit 
yaratish.
Daraxtzorlarda tozalash ishlarini o‘tkazish - asosiy daraxt 
turlarining ma’lum maydonda joylashishi va o‘sib-rivojlanishiga 
sharoit yaratish.
Daraxtzorlarda kesish ishlarini o‘tkazish esa daraxt tanasi­
ning to‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit barpo qilish va eng 
yaxshi daraxtlar shoxlarining o‘sib-rivojlanishiga asos bo‘ladi. 
Natijada manzarali daraxtlar ko‘rkam ko‘rinishga kelib qoladi.
Biz bog‘-parklarda har xil ko‘rinishdagi kompozitsiyalami 
joyiga qarab yaratishimiz mumkin. Masalan, parklarda tog‘li 
kompozitsiyalami suvlar atrofida yoki ochiq joyda barpo qilish 
juda og‘ir jarayon bo‘lib, kompozitsiya barpo qilishdagi 
ko‘pchilik materiallar boshqa joylardan olib kelinadi. Masalan, 
har xil o‘lcham va ko‘rinishdagi marmar yoki daryo toshlarining 
bo‘laklari, qiyoqsimon o‘simliklar va hokazolar. Bunday og‘ir 
va nozik ishlami bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya 
qilgan holda, ish jarayoni bajariladi. Ajoyib landshaftga ega 
bo‘lgan tog‘li kompozitsiyalami barpo qilishda ishni shunday 
bajarish kerakki, barpo qilingan kompozitsion hudud bog‘- 
parklarda uzoq yillar xizmat qilsin.
77


Shuning uchun ham bunday kompozitsiyalar yaratishda ol­
dindan uning sxemasi chizib tayyorlanadi.
Istirohat bog‘larida manzarali daraxtzorlar chegaralarini 
shakllantirish, yosh daraxtlarda siyraklashtirish ishlarini olib 
borish bog‘larga tashrif buyuruvchilarga daraxtlami uzoqdan 
jozibador qilib ko‘rsatadi.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin