bo‘yiga, ingichka yoriladi, rangi qorayadi.
Kurtak va barglari
navbat bilan joylashadi. Barglari oddiy tuzilgan bandli, tez
to‘kiladigan
yonbargchalari bor, kuzda to‘kilib ketadi. Barg
plastinkasi butun, yumaloq va lanset shaklida,
cheti tishchali,
patsimon tomirli. Ular bir uyli, ayrim jinsli daraxt. Erkak gullari
kuzda hosil bo‘ladi, ular silindrsimon kuchala bo‘lib, shoxining
uchida bittadan joylashadi. Urg‘ochi
gulli kuchalalari erta
bahorda kalta novdalar qo‘ltig‘ida 2 ta yoki 4 tadan bo‘lib
rivojlanadi.
Qayin erta bahorda gullaydi va shu paytda barg ham yozadi.
Shamol vositasida changlanadi. Mevasi yetilganda o‘rama
tangachasi dag‘allashadi. Mevasi bir urug‘li yong‘oqcha bo‘lib,
bo‘yi 1-5 mm keladi, yassi, ikki qanotchali.
Kuchalasi
yetilganda mevasi sochilib ketadi va shamol vositasida tarqaladi.
Ildizi yuzaki joylashadi. To‘nkasidan ko‘karadi, katta yoshida
bu xususiyati yo‘qoladi. Qayin 40 yoshgacha yaxshi o‘sadi,
so‘ng o‘sishi susayadi. U 100-120 yil yashaydi.
Turkumning
100 dan ortiq turi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi MDH da uchraydi.
Ular tundra zonasidan dasht zonasigacha tarqalib,
katta-katta
o‘rmonzorlar hosil qiladi.
Qayinning yog‘ochi qattiq bo‘lib, mexanikaviy xususiyatiga
ko‘ra emanning yog‘ochidan qolishmaydi. Yog‘ochining
tevaragi oq-sariq yoki oq-qizg‘ish rangda, mexanikaviy
xususiyatlari yuqori, qattiq, bukiluvchan, bir xil tuzilgan.
Undan
faner, miltiq qo‘ndog‘i tayyorlanadi, bochka, g‘ildirak kegayi,
shoti va boshqalar yasaladi. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligida,
mebel ishlab chiqarishda ham keng qo‘llaniladi.
Undan pista
ko‘mir tayyorlanadi va o‘tin sifatida foydalaniladi.
U ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi, chunki chiroyli da
raxt. 0 ‘rmon ihota qatorlarida ham ekiladi. 0 ‘zbekistonda ikkita
qayin turi tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: