novdalari mayin tukli bo‘lib, smolasimon so‘galchalari bor.
Barg lari tuxumsimon, o‘tkir uchli, tub qismi ponasimon yoki
to'mtoq, cheti butun. Yosh barglarining har ikkala tomoni mayin
tukli, katta yoshida yuz tomoni tuksizlanadi. Barg plastin-
kasining bo‘yi 3-5 sm, bandi 1,5-1,8 sm, ingichka va uzun tuk
bilan qoplangan. Urg‘ochi gulli kuchalalari silindrsimon bo‘lib,
bo‘yi 2,5 sm, eni 6-8 mm. Qanotchalari tuxumsimon yoki
Icskari tuxumsimon, bo‘yi 2,5 mm. Bu qayin urug‘idan yaxshi
ko'payadi, tez o‘sadi.
Qayinning yog‘ochi oq rangda, zich, pishiq bo‘lib, undan
har xil buyumlar ishlanadi. U yorug‘sevar, issiqqa va sovuqqa,
havoning ifloslanishiga chidamli daraxt. U tog‘ vodiylarida,
daryo
bo‘ylarida
o‘sadi.
Tyan-Shanda,
Pomir-Oloyda,
Jung‘oriya Olatovida uchraydi. U nihoyatda go‘zal daraxt
boMganligidan ко ‘ kalamzorlashtiri sh uchun parklarga va
ko'chalarga ekish tavsiya etiladi.
Tyan-Shan qayini (Betula tianschanica Rupr.)
Kichikroq daraxt bo‘lib, bo‘yi 5-6 m, ko‘p tanali yoki ser-
Nhox, keng shox-shabba hosil qiladi. Tanasining po‘stlog‘i jigar
mug, yupqa po‘st tashlab turadi. Barglari tuxumsimon yoki
cho‘ziq tuxumsimon, ba’zi vaqtlarda, rombsimon, o‘tkir uchli,
tubi keng, ponasimon. Barg plastinkasi yirik, butun, bandining
u/.unligi Ism.
Bargining har ikkala tomoni va bandi tuksiz. Urg‘ochi
kuehalalarining bo‘yi 1,8 sm, eni 0,7 sm, gulbandi tukli.
Yong‘oqchasi tuxumsimon, bo‘yi 2 mm. Bu qayin urug‘idan
yaxshi ko‘payadi. Tyan-Shan qayini Jung‘oriya Olatovida,
Tyan-Shanda, dengiz sathidan 1800 m balandlikda o‘sadi.
Shiiharlami ko‘kalamzorlashtirish uchun ekish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: