ta`minlab turadi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar
tufayli qishloq xo`jaligida foydalanib kelinayotgan yer va mulklar qayta
taqsimlandi, ijtimoiy va tarkibiy o`zgarishlar ro`y berdi. Qishloqlarda shirkatlardan
tashqari xo`jalik yuritishning yangi shakllari-ijara xo`jaliklari, fermerlar, har xil
turdagi hissadorlik jamiyatlari faoliyat ko`rsatmoqda. Shu bilan birga xo`jaliklararo
korxonalar, tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tasarrufidagi yordamchi
xo`jaliklar ham mavjud. Qishloq joylarida amalga
oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar, bu sohada tadbiq qilinayotgan agrotexnologiya va texnika, seleksiya va
urug`chilik sohasida jahon miqyosida qo`lga kiritilgan tajriba, dehqonchilik
madaniyatidan unumli foydalanish asosida arzigulik yutuqlarga erishilmoqda.
O`zbekistonda ish bilan band aholining 36 foizidan ortiqrog`i qishloq
xo`jaligi sohasiga to`g`ri keladi. Tabiiy sharoiti, iqlimi o`ziga
xos xususiyatlarga
ega bo`lgan O`zbekiston sharoitida qishloq xo`jalik tarmoqlari va eng avvalo,
uning yetakchi tarmog`I paxtachilik sun`iy sug`orishga asoslangan. Respublika
qishloq xo`jaligida paxtachilik bilan birga sholikorlik, bog`dorchilik, uzumchilik
kabi tarmoqlar ham rivoj topgan. Texnika ekinlaridan
kanop va jut ham
yetishtiriladi. Bu ekinlar Toshkent viloyatida ekiladi. Samarqand viloyatidagi urgut
tumani yuqori sifatli tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan. Tamaki qishloq
xo`jaligining yuqori daromadli mahsuloti bo`lib hisoblanadi.
Mamlakatning deyarli barcha hududlarida g`alla ekinlari asosan, bug`doy
yetishtiriladi. Yaqin yillargacha respublika g`alla mahsulotlari bilan o`zini to`la
ta`minlay ololmas edi. Endilikda samarali agrar siyosatni amalga oshirish tufayli,
O`zbekistonda
g`alla
mustaqilligiga erishildi.
Respublika
g`allachiligida
sholikorlik ham muhim o`rin tutadi. Sholikorlik asosan Qoraqalpog`iston
Respublikasi va Xorazm viloyatida rivojlangan.
O`zbekistonda chorvachilik, ayniqsa uning asosiy tarmog`i bo`lgan
qo`ychilik muhim o`rin tutadi. Qo`ychlikda esa qorako`lchilik o`ziga xos mavqega
ega. Buxoro,
Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va
Qoraqalpog`iston respublikasi bu borada asosiy hududlar hisoblanadi.Qishloq
xo`jaligining qadimiy va istiqbolli tarmoqlaridan biri bo`lgan pillachilik ham
mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o`rin tutadi.O`zbekiston
jon boshiga pilla
yertkazish bo`yicha jahonda birinchi, umumiy hajmi bo`yicha beshinchi o`rinda
turadi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o`tish sharoitida respublikada
vujudga kelayotgan fermer xo`jaliklar safini kengaytirish bilan bog`liq bo`lgan
chora-tadbirlarni kuchaytirish borasida ish olib borilmoqda. Hozir mamlakatda
bunday xo`jaliklar soni 215 mingdan ortib ketdi. 2007 yilda yetishtirilgan
paxtaning 99 foizi, g`allaning 87 foizini fermer xo`jaliklari yetishtirib berdi.
Qishloq xo`jaligida yetishtirilgan mahsulotlarning 94 foizi fermer xo`jaliklari
hissasiga to`g`ri kelmoqda.
Shuningdek, Respublika qishloq xo`jaligida 200 dan
ziyod agrofirma faoliyat ko`rsatmoqdi. Qishloq xo`jaligida jami 2007 yilda 3650
ming tonna paxta, 6250 ming tonna g`alla yetishtirildi.
Qishloq xo`jaligi to`g`risida yuqorida keltirilgan fikrlar bu sohaning keng
termoqli ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga qishloq xo`jaligi oldida qator
muammolar ham mavjud. Ularni hal etish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
katta ahamiyatga ega. Ushbu muammolar jumlasiga sug`oriladigan yerlar
unumdorligini oshirish, suvdan
tejamkorlik bilan foydalanish, o`simliklarda
uchraydigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashni kuchaytirish kabilar
kiradi. Ayni vaqtda qishloq joylarda mehnat resurslaridan samarali foydalanish,
qishloq sanoati va Respublika agrar siyosati doirasida dolzarb masaladir.