228
SHaxslararo munosabatlarning korreksiyasi asosan oilada bolaga nisbatan ruhiy
zo’rlik bo’lganda qo’llanadi. Ruhiy zo’rlik bola asab-ruhiy va jismoniy holatining
buzilishiga olib keladi. YAqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli e’tibor berilmagan.
Bunaqa zo’rlikka bolani qo’rqitish, uni haqorat qilish, g’ururini poymol qilish, ishonchini
oqlamaslik kiradi.
Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, oilada
tartib va intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar bola huquqlari to’g’risidagi
Konvensiya talablariga asoslanishi lozim.
Psixoterapiyadan farqli o’laroq korreksiya
oila ichidagi nizolarni ochib ko’rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga ular o’rtasidagi
munosabatlarni bilishga ko’maklashishdir.
Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo’nalishi uch komponentdan iborat:
tashkil qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga yordam.
Tashkil qilishga yordam
oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam
olish o’z ichiga xayriya auksionlari o’tkazish, oilaviy bayramlar, tanlovlar, uy xo’jaligini
yuritish bo’yicha kurslar tashkil qilishdan iborat.
Tartibga solishga yordam berish
muayyan oilaning muammosini hal qilish
bo’yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga:
1.
Bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish,
2.
Bolalikka olish,
3.
Bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi.
Axborot berishga yordam
oilani ijtimoiy himoya masalalari bo’yicha axborot
bilan ta’minlashga qaratilgan va konsultatitsiya shaklida o’tkaziladi. Masalalar maishiy,
oilaviy, mehnat, fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, nogironlar huquqlari,
shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: