O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   231
ijtimoiy pedagogika

1.
Tayyorlov
-muassasaga kirishlarida tanishish bolalar, bola hayoti muhitining omillari, 
aloqalar o’rnatish, ijtimoiy tashhizi, shaxsning pedagogik imkoniyatlari bilan tanishish, 
shahar (tuman) muassasalari bilan aloqalar o’rnatiladi, bolalar kartatekasi tuziladi
ishning qisqacha taxlili beriladi. 
Tadqiqot usullari 
Psixologik test o’tkazish: 
a) “maktab ta’limiga ko’nikish” anketasi 
b) ruhiy sholatlarning tashhiz qilinishi 
v) bolaning muhitga ko’nikishiga muassasa ta’sirini aniqlash maqsadida kuzatuv olib 
borish, intervyu olish 
Anketa so’rovnovnomasi o’tkazish: 
a) insho-bolaning ijodiy qiziqishini aniqlash uchun (adabiyot o’qituvchisi o’tkazadi) 
b) qizishlarini so’rab bilish 
v) kasbiy qiziqish bo’yicha anketa 
2. Tashkiliy
-muammolarni tasniflash, ularni tahlil qilish. ijtimoiy pedagog o’z 
faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini, ijtimoiy ijod shakllarini aniqlaydi, ishda ijtimoiy 
institutlarni (oila, maktab, yoshlar tashkilotlari, sog’lomlashtirish muassasalari, armiya,
ijtimoiy xizmatlar) tartibga soladigan ijtimoiy yordamchilar tarkibini tuzadi, ta’lim, 
sog’liq, dam olish payti muammolari bilan shug’ullanuvchi tashkilot, to’garaklar 
imkoniyatlarini o’rganadi, ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar natijalarini tizimlashtiradi. 
3. Bevosita ijtimoiy ish
-kuzatuv, g’amxo’rlik, maslahat berish, bola huquqlarini 
himoya qilishga yordam berish, murakkab vaziyatlarning tahlili. 
Ish shakllari: 
1. Tarbiyalanuvchisi uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish; 
2. Bola ijtimoiylashuvi dinamikasini kuzatuv xaritasi orqali kuzatish. 
Vositalar
-predmetlar, hodisalar, jarayonlar. 
Bolalar uyi sharoitlarida ijtimoiy adaptatsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
-jamoa hayoti normalarini ongli ravishda qabul qilish va bajarish, 
-xulq-atvorini o’zi nazorat qilish, salbiy hodisalarga qarshilik ko’rsatish, 
-pedagogik ta’sirlarga adekvant munosabatda bo’lish. 
ijtimoiy pedagog faoliyatining bu umumiy qoidalari bolalar uyi turi, bolalarning 
yoshi, ularning tabiiy-ijtimoiypsixologik-pedagogik muammolariga qarab konkretlashadi. 
Psixologlar bilan birgalikda ijtimoiy pedagog bitiruvchilarning o’z-o’zini belgilab 
olishlari (kasb-hunar to’g’risida suhbatlar, korxonalarga ekskursiyalar, professional 
ta’lim olish to’g’risida suhbatlar), insonning jamiyatdagi turli ijtimoiy rollarini 
o’zlashtirishlari (vatanparvar, oila a’zosi, jamiyat a’zosi, iste’molchi, professional va 
boshqa), oila funksiyalari va tuzilishi bilan tanishishlari, adaptiv mexanizmlarning 
shakllanishi muammolari bilan shug’ullanishadi. Bolalar uyidagi murakkab tarbiyaviy 
jarayon tarbiyachilardan nafaqat bugungi vazifalarni, balki ham bolaning ham jamoaning 
rivojlanish tendensiyalarini o’zlashtirishni talab qiladi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin