247
Ko`pchilik
mamlakatlarda
shaxsning
insonparvarlik
g`oyalari
asosida
ijtimoiylashtirish kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud.
Germaniyadagi xolistik maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, Shvettsiya va
Amerikadagi hamda Rossiyadagi “Kichik tumonlar maktabi” (“Maktab
mikrarayon”)shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon bo`ladi.
Ochiq maktablar ko`p
qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va
kattalar uchun faoliyat ko`rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari
mumkin.
Bu maktablar oila, ma'naviy-ma'rifiy tashkilotlar, ish joylari,
mahalliy
hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi;
maktab bolaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Ochiq maktablar
strukturasida yangi tarbiyachi-ijtimoiy pedagoglar faoliyat ko`rsatadi.
U shaxs va
jamiyat o`rtasidagi “vositachi” rolini bajaradi.
Bunday maktablar asosan;
▪
o`qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish
▪
sotsiumning imkoniyatlarida foydalanib, ota-onalarning umummadaniyatini
rivojlantirish:
▪
ijtimoiy foydali madaniy dam olishini tashkil etishga doir o`z
faoliyatlarini olib
boradi.
Dostları ilə paylaş: