251
bo’lishmoqda. bu muomalani kattalar to’liq nazorat qila olishmaydi. Katta oilaning
kichiklashuvi bir bolali va to’liqsiz oilalarning ko’payishi, oilalarning noto’g’ri
tashkillashtirilganligi bolalar uchun oiladagi emotsianal aloqalarning yetishmovchiligini
uydan tashqarida to’ldirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Umumiy o’rta ma’lumot
OAVlar
shunga olib keladiki, voyaga yetayotgan avlod o’zlarining savodxonliklari va
madaniy rivojlanishlari darajasiga ko’ra ancha tenglashib qolishdi. SHuningdek,
bolalarning tengqurlar guruhlariga birlashishlariga nafaqat kiyim-kechak yoki turmak,
balki hayot tarzini ham belgilab beruvchi moda ham ta’sir ko’rsatmoqda.
Bolalar, o’smirlar va o’spirinlar bir vaqtning o’zida bir necha bir-birdan
farqlanuvchi guruhlarga a’zo bo’lishlari mumkin. Rasmiy guruhlar (sinf, sport to’garagi
va boshqalar) bolalar ijtimoiylashuviga ular hayotiy faoliyatining mazmuni,
ularda
shakllangan o’zaro munosabatlarning xarakteriga bog’liq ravishda ta’sir ko’rsatadi.
Norasmiy guruhlar bolalar, o’spirinlar va o’smirlar ijtimoiylashuviga ularning tarkibi,
yo’naltirilganligi yetkachilik turiga ko’ra ta’sir ko’rsatishadi.
Turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramay tengqurlar
guruhining ijtimoiylashuvdagi funksiyalari universaldir. Birinchidan, guruh a’zolarini shu
jamiyat madaniyatiga o’rgatadi, ya’ni ularning xulq-atvorini guruh a’zolarining milliy,
diniy, mintaqaviy, ijtimoiy mansubligiga moslashtiradi. Ikkinchidan, tengqurlar
guruhlarida ijobiy xulq-atvorga o’rgatiladi. Bu ularga
namunaviy xulq-atvorlarni
ko’rsatish, g’ayri ijtimoiy xulq-atvorlarga nisbatan chora qo’llash orqali amalga
oshiriladi. Uinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar, o’smirlar va o’spirinlarning kattalar,
xususan ota-onalar ta’siridan avtanomlashuvlari jarayonida muhim o’rin tutadi.
To’rtinchidan guruh o’z a’zolariga yosh submadaniyatidan mustaqil bo’lish imkonini
beradi.
O’rtoqlar va og’aynilar guruhlari kiyinish, yurish-turish borasida tengdoshlar
jamiyatiga mos bo’lishga harakat qilishadi. SHu bilan bir vaqtda o’z mustaqilliklarini
ham saqlashadi. YA’ni boshqa bolalarni o’z guruhlariga qo’shmaslikka harakat qilishadi.
Beshinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar tomonidan o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini
belgilab olish masalalarini yechishga qulay yoki noqulay sharoitlar yaratib beradi.
Oltinchidan, guruh o’z a’zolari tomonidan “ekologik chuqurlik”
sifatida qabul
qilinadigan spetsifik ijtimoiy tashkilot hisoblanadi.
Guruhda emotsional va shaxsiy munosabatlar ham shakllanadi. Bolalar va yosh
o’smirlar guruhlarida emotsional munosabatlarning asosiy funksiyasi tengqurlar xulq-
atvorini umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga moslashdir. Bu holatda do’stlik
rishtalari, simpatiya birinchi o’ringa ko’tariladi. Aslida ular ontogenezda ancha avval
paydo bo’lishgan. Agar maktabgacha yoshdagi bola ularga amal qilsa, bu holat boshqa
bolalar tomonidan ijobiy qabul qilinadi.
SHaxsiy munosabatlar guruhdagi o’zaro bog’liqlik bo’lib,
bunda bir bola xulq-
atvorining sababi boshqa bola uchun shaxsiy ma’noga ega bo’ladi. SHaxsiy munosabatlar
bola atrofdagilar bilan munosabatda kattalar rolini bajarganda yorqin namoyon bo’ladi.
Bolalar hamjamiyati bolalar submadaniyatining tashuvchisi hisoblanadi. Bolalar
submadaniyati–bu bolalarga jamiyatga ko’nikishlariga va o’z normalarini yaratishlariga
ko’maklashuvchi madaniy hudud va muomala doirasidir.
Bolalar submadaniyati bolaning ilk ijtimoiylashuvi vazifasini bajaradi. O’smirlar,
o’spirinlar submadaniyatining namoyon bo’lishiga ijtimoiy harakatning yangi shakllarini
tuzish kiradi. Bu ijtimoiy pedagog tomonidan to’g’ri qabul qilinishi kerak. O’smirlar
kichkina bolalardan ancha faollar va o’z o’rinlarini topishlari uchun yangi faoliyat va
xulq-atvor shakllarini qidirishadi. Biroq ular ancha tavakkalchi va bunga tayyor emaslar.
252
O’spirinlik davrining inqirozi ham ko’p borada yangi muqobil faoliyat normalarini
yaratishga bog’liq. SHuning uchun o’spirin-o’smir submadaniyati nafaqat
ijtimoiylashtiruvchi, balki konstruktiv ijodiy funksiyani ham bajaradi. O’smirlar va
o’spirinlar submadaniyatini kattalar olamidan ajratib
turuvchi omillar madaniy va
texnologik o’zgarishlar, yolg’izlik OAVlarning qarama-qarshi ta’siri, ijtimoiy muhitning
beqarorligi bilan bog’liq. Bu hollarda o’spirinlar va o’smirlar guruhlari turli g’ayri-
ijtimoiy xarakatlarga intilishlari xam mumkin.
O’spirinlar va o’smirlar submadaniyati rivojlanishining ikki yo’nalishi mavjud.
Birinchisi u umumiy jihatlarga ega bo’lib, turli mintaqa va yo’nalishlarga ajraladi.
Ikkinchi yo’nalish yoshlar submadaniyatiga g’ayri madaniyatlarning ta’siriga bog’liq. Bu
holatda biz mavjud jamiyatning huquqiy asoslariga tajovuz qilmaydigan, birq axloq
umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga qarshi chiquvchi yoshlarni uchratishimiz
mumkin. g’ayri madaniyatning borligi va uning tarqalishi u yoki bu jamiyatning
inqirozidan hamda insonlarning qoniqmayotganligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: