249
Maktab ma’muriyati
, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari, kam ta’minlangan oilalar
farzandalriga moddiy yordam, bepul ovqatlanish tashkil qilishadi.
Sinf rahbarlarning
bolaning oiladagi holatini o’rganishadi. qiyin bolalar bilan alohida shug’ullanishadi.
Maktabda psixologlar
bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o’rganishadi. Psixoterapevt
va psixologlar ota-onalar va bolalarga maslahat berishadi va yordam berishadi.
Maktabda mavjud bo’lgan
sog’liqni saqlash xizmati
maktab o’quvchilarini tibbiy
ko’rikdan o’tkazishadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzishadi, kuchsiz bolalarga maxsus
ovqatlanish tashkil qilishadi, karantin sinflarini nazorat qilishadi.
Maktabda ijtimoiy ishga maktab
direktori yordamchilaridan
biri rahbarlik qiladi.
Tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari maktabning
maktabgacha tarbiya
muassasalari, turli hukumat tashkilotlari bilan aloqasiga katta e’tibor qaratadi.
Ota-onalar qo’mitasi
ham o’z o’rnida tarbiyasi og’ir bilan ishlashga yordam beradi.
Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki yondashuv mavjud: u maktab bilan
hamkorlik qiladi yoki u maktabning shtatli hodimi hisoblanadi.
Maktab bilan hamkorlik
qila turib ijtimoiy pedagog tez-tez maktabga borib turadi.
Ota-onalar va o’quvchilarning o’zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam beradi,
dars qoldirish sabablarini aniqlaydi. U bolalar bilan qo’pol munosabatda bo’lgan
oilalarni, jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni aniqlaydi. Bola yoki oilaga yordam berish
maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, bola o’qishda
ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada alohida shug’ullanadi. Bola
tarbiyasidagi muammolarni xal qilish uchun huquqshunos, shifokor,
militsiya hodimlari
xizmatidan foydalanadi.
Ko’pgina g’arbiy yevropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli
xodimi hisoblanadi. U ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar maktab
kursini uzlashtirishga qobiliyati yetmaydigan bolalardir. Bu bolalar maktab yoki oilada
ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishadi. Odatda bu bolalar voyaga yetmaganlar ishlari
bo’yicha komissiya ro’yxatida turishadi. Ba’zan bolalar va ularning atrofidagilar bilan
munosabatlarini oydinlashtirish yetarli yordam beradi.
ijtimoiy pedagog o’quvchining maktabdan tashqari vaqtini tashkillashtirib, o’z
tarbiyaviy ishini olib borishida ota-onalar bilan hamkorlik qiladi.
Hamkorlik yuzasidan
seksiya, klublar, har xil mehnat, turistik bo’linmalar tashkil qiladi. ijtimoiy pedagog
pedagogik jamoaning tarbiyasi og’ir bolalar bilan ish olib borishini tartibgs soladi. U
maktab pedagogik jamoasiga doimiy tarzda sinfdagi psixologik muhit to’g’risida axborot
beradi. Aynan shu holat maktabda ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim
ahamiyatga ega.
ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi kerak.
U ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko’nikishlariga yordam
ko’rsatadi. ijtimoiy pedagog dasr soatlari vaqtida noqonuniy
ishlab yurgan bolalarni
aniqlaydi, ularning o’qish masalasini hal qiladi. U ko’p bolali oilalarning barcha
imtiyozlaridan foydalanishlari, bolalarning reabilitatsion markazlarga qatnashlarini
nazorat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari va sinf rahbarlari tumandagi oila va
o’quvchilarni o’rganib chiqishadi. ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga e’tibor berishadi,
tarbiyasi og’ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordam berishadi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
o’z faoliyatida to’garak, seksiya,
klublarni tashkil qilish, o’tituvchining o’quvchilar
bilan indevidual ishlashini, yashash
joyida bolalar bilan konsultatsiya o’tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar
bilan ish olib borishni nazorat qiladi.
250
Alohida fanlardan dars beruvchi o’qituvchilar
bolalarning qiziqishlarini o’rganib
chiqib, ularni turli to’garak va seksiyalarga jalb qilishadi. Maktabda turli tadbirlar
o’tkazishadi. Bu tadbirlarni o’tkazishda ota-onalar va sobiq o’quvchilar yordamidan
foydalanishadi, maktabga mashhur kishilarni chaqirishadi.
Maktab yoshidagi bolalarning asosiy ijtimoiylashtiruvchi omili bolalar
submadaniyatini shakllantiruvchi tengqurlar jamoasidir.
ijtimoiy pedagog bu
hodisalarning funksiyalarini bilishi, ularning o’quvchilarning shaxsiy hislatlari va
ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishdagi o’rinlarini ko’ra olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: