O’zaro hamkorlik to’g’risidagi
SH A R T N O M A № _______
2023 yil _____________
“Ta’lim to’g’risida” gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da vazifalar oshirish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentyabrdagi PQ-4467-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 maydagi 331 sonli “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori farmonini ijrosini taminlash maktabdan va sinfdan tashqari ta’lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirish o’quvchi-yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular ongini milliy istiqlol g’oyasini chuqur singdirish milliy urf odatlar an’ana va qadriyalar hamda xalq amaliy san’ati tarixiga oid bilim malaka ko’nikmalarini yanada rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha va maktab ta’limi” Vazirligining maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini oshirish yuzasidan qabul qilingan buyruqlar ijrosini ta’minlash maqsadida
Sariosiyo tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi va ___maktab o’rtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.
1.TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
1.1 Maktabning 1-11 sinf o’quvchilari shu jumladan tarbiyasi og’ir ijtimoiy ko’makka muhtoj bolalar jalb qilingan holda Badiiy ijodiyot,Texnik ijodkorlik,O’lkashunoslik va ekologiya hamda Chet-tili va Sport yo’nalishlarining har birida kami 11 nafardan iborat o’quvchilari bilan to’garak tashkil etish.
2.2 To’garaklar uchun ilg’or izlanuvchan tashabbuskor fan o’quvchilari tarkibidan to’garak rahbarlari bilan ta’minlaydi ularning ish faoliyatini tashkil etadi va nazorat qiladi.
2.3 Maktab o’quv uslubiy bo’limi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy uslubiy ishlarni amalga oshiradi to’garak rahbarlari uchun uslubiy ishlarni takomillashtirishga yordam beradi.
2.4 Maktab bilan hamkorlik o’quv-uslubiy seminar va tadbirlar o’tkazadi targ’ibot ishlarini olib boradi hamda ommaviy axborot vositalarda yoritishda ishtirok etadi.
2.5 To’garak mashg’ulotlarini olib borish uchun zarur bo’ladigan xonalar ajratadi va ularni jihozlashda mashg’ulotlar o’tishda zarur bo’lgan ko’rgazmali vositalar tayyorlashda yordam beradi.
2. “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI
2.1 Maktab tarkibidagi Badiiy ijodiyot,Texnik ijodkorlik,O’lkashunoslik va ekologiya hamda Chet-tili va Sport yo’nalishdagi barcha to’garaklarga o’quv uslubiy amaliy yordam ko’rsatadi o’quv dasturlari bilan ta’minlaydi.
2.2 Belgilangan razyadlar asosida to’garak rahbarlari uchun ish haqi to’laydi ularni faoliyatini maktab hamkorlikda nazorat qiladi metodik seminar tashkil etadi.
2.3 To’garak rahbarlari ilg’or ish tajribalarni o’rganadi va ularni Respublika miqyosida ommalashtirish hamda matbuot sahifalari ommaviy axborot vositalari orqali yoritish ishlarini tashkil etadi.
2.4 To’garak rahbarlari tomonidan tayyorlanilgan uslubiy qo’llanma tavsiyanoma va dasturlarini taqriz qiladi nashrga tayyorlaydi va chop etadi.
2.5 Maktabda tashkil etilgan to’garak ishlarini takomillashtirish mashg’ulotlarni sifatli o’tilishi uchun zarur bo’lgan zamonaviy o’quv qo’llanma ko’rgazmali qurollar hamda sayyohlik aslaha-anjomalar bilan ta’minlaydi.
2.6 Ushbu sohada ko’p yil mehnat qilgan ilg’or tajribaga ega bo’lgan to’garak rahbarlarini rag’batlantirishga tavsiya etadi.
3.ALOHIDA SHARTLAR
3.1 Barcha moddiy va moliyaviy masalalar tomonlar orasida aniq loyiha qo’shimcha kelishuvchilar va ushbu hamkorlikdagi shartnomaga qarshi bo’lgan sharoitda aniqlanadi va amalga oshiriladi.
3.2 Tomonlarning ushbu hamkorlikdagi shartnoma ko’zga tutilmagan lekin o’zaro munosabatlarga oid bo’lgan qismi O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunlar bilan tartibga solinadi.
4.SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
4.1 Hamkorlik shartlari uni tomonlar imzolangan paytdan boshlab amal qila boshlaydi.Uni bekor qilish to’g’risidagi masalani hal qilgunlariga qadar amalga bo’ladi.Shartnomani bekor qilish sabablari va muddatlari uch oy oldin yozma tarzda ogohlantirilishi lozim.
4.2 Tomonlarning ushbu shartnoma yuzasidan uni bekor qilish to’g’risidagi o’zaro munosabatlariga alohida dalolatnoma yoki bitim tuzish bilan hal etiladi.
4.3 Hamkorlik shartnomasi 2023-2024 o’quv yili davomida kuchga ega bo’lib, rahbarlar o’rtasida yilga tuzilgan mehnat shartnomasi asosida davom ettiriladi.
Tomonlarning manzili: _______ Maktab direktori:
Maktabgacha va maktab
Ta’limi bo’limiga qarashli _______________________________
“Barkamol avlod”bolalar maktabi _____________ (Ismi,sharifi)
direktori:__________V.Niyozov Imzo (m.o') _______________________________
_________________________________ (Manzili va mobil raqami)
Dostları ilə paylaş: |