O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og’ir o’spirinlar bilan ish olib borish



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   231
ijtimoiy pedagogika

 Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og’ir o’spirinlar bilan ish olib borish 
Maktab ijtimoiy pedagogikasining asosiy muammosi tarbiyasi og’ir o’spirinlar 
hisoblanadi. 12-16 yoshli o’g’il-qizlar o’spirin hisoblanishadi. Bu davr shaxs shakllanishi 
jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga ham o’smirlar ham 
tarbiyachilar uchun qiyin davrdir.
O’spirinlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o’zgaradi, 
ruhiyatining qayta qurilishi ro’y beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi 
shakllari paydo bo’ladi. Jamoada o’spirinning ijtimoiy maqomida o’zgarishlar ro’y 
beradi,ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi 
Bu yoshda o’spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo’ladi. 
O’spirinning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va 
norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band bo’ladi va oxir oqibat o’zini qulay 
sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo’linadigan guruhni tanlaydi. Bu sport, 
texnika to’garagi bo’lishi mumkin. SHu bilan birga bu guruh o’smirlar yig’ilishib, ichib-
chekib o’tirishadigan yerto’la ham bo’lishi mumkin.
Bu yoshda o’spirinlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari paydo 
bo’ladi. Ota-ona o’z farzandiga yosh bolaga bo’lganday qarashadi, bola esa bu 
g’amxo’rlikdan chiqib ketmoqchi bo’ladi. SHuning uchun uning kattalar bilan 
munosabatida ko’p nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash 
kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o’zgaradi: bo’ysunish 
pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o’tmoqchi bo’ladi. Bir vaqtning o’zida 
tengdoshlar bilan ham o’zaro munosabatlarning xarakteri o’zgaradi. O’zpirinda kattalik 
xissi tug’iladi va xissiyot mustaqil bo’lishga intilish, kattalarning xohish istaklariga 
qarshi chiqishda namoyon bo’ladi. Kichkina bolaga qaraganda o’spirinning qiziqishlari 
ham ancha o’zgaradi. Ijodiy faoliyatga intilish bilan bir qatorda o’spiringa qiziqishlarning 
beqarorligi ham xosdir.
SHunday qilib o’spirinlik yoshining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarni ajratsak 
bo’ladi: emotsional voyaga yetmaganlik, o’z xulq-atvorini to’liq nazorat qila olmaslik, 
o’z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini to’g’ri baholay olmaslik, 
katta bo’lishga intilish. 
O’spirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari 
va jihatlari shakllanishi bosqichida bo’lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va kattalik 
o’rtasidagi davrdir. SHaxs hali o’zini katta deb hisoblashi uchun yetarli rivojlanmagan, 


253 
biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va o’z harakatlarida 
ijtimoiy norma va qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli rivojlangan.
O’spirin aqlli qarorlar qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular uchun 
axloqiy va huquqiy jihatdan mas’ul bo’lishga qodir. SHuni ta’kidlash joizki, o’spirin o’z 
xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir. Garchi qonun voyaga 
yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga olib, ular uchun cheklangan 
javobgarlikni belgilasa ham katta o’spirinlik va o’smirlik davrini shaxsiy javobgarlik 
bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak bo’ladi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin