256
ham og’ir jarayondir. Tarbiyalanuvchi yangiyulning istiqboli bilan qiziqishi lozim.
Tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o’tmishi, bugungi kunini tahlil qilib uning kelajagini
tasavvur etishi lozim.
O’smirni qayta tarbiya yoki o’z-o’zini tarbiyalashga tayyorlash jarayoni bir necha
bosqichdan iborat:
1.
Tarbiyalanuvchini o’rganib chiqish;
2.
O’smirning yurish-turishini o’zgartirish uchun uning ruhiy tayyor qilish;
3.
Ijobiy axloqiy xislatlarni to’plash;
4.
Inqirozdan chiqish, o’z-o’zini tarbiyalashga o’tish.
SHuni ham inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o’smir
mansub bo’lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo’shiladi. Bunda tarbiyachi koordinator
vazifasini bajarib, jamoani o’z o’rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo’naltiradi. O’smirlar
bilan reabilitatsion markazda ishlayotgan ijtimoiy
pedagog metodlardan biridan
foydalanib tarbiyalanuvchi oldida idealga o’xshash maqsadini qo’yadi. Bu axloqiy komil
inson o’smirning ijobiy yurish-turishning shakllanishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: