Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy
voqealarni oilada va
maktabda doimiy va o‘zaro bolishi va buni kattalar bolalar
ga tushuntirishi zarur. Bu doimiylik va tizimlilik bilan nafaqat
ota-onalar va o'qituvchilar, balki bolalarning o‘zi ham shug‘ul-
lanishi lozim. Shundagina bolalarda ommaviy axborot vosita
lari va madaniyatga murojaat qilish ehtiyoji paydo bo‘ladi, tu-
shunishga tayyorlik (ustanovka), bilish, eshitganini, o‘qiganini,
ko‘rganini eslab qolish, ma’lumotlarni idrok qilishda tanlovchan-
lik didi shakllanadi. Ota-onalar va o‘qituvchilar bolaga nimanidir
o'qishni tavsiya qilganida ommaviy axborot
vositalarining shaxs
rivojlanishiga tarbiyaviy ta’sirini doimo yodda tutish lozim.
Ommaviy madaniyat va moda ham bolalarga chuqur tarbi
yaviy ta’sir ko‘rsatadigandek tuyuladi. Lekin bunday qiziqishlar
vaqtinchalik va yuzaki bolib, vaqt o‘tishi bilan o‘tib ketadi. Le
kin bunda bolalarning vaqtinchalik qiziqishlari emas, balki ular
ning uzoq vaqt ta’sir etuvchi oqibatlaridan
xavotirlanish kerak,
ya’ni o'smir va o‘spirinlarni shaxsiy rivojlanishning jiddiy man-
balaridan uzoq vaqt chalg'itishidan xavotirlanish zarur.
Ommaviy madaniyat va modaning vaqtinchaligi va o‘tkin-
chiligidan ular o‘smir va o‘spirin shaxsi shakllanishiga umuman
ta’sir
qilmaydi, degan fikrdan yiroqmiz. Bunday ta’sir albatta
mavjud, lekin bu ta’sir shunday qiziqishlari mavjud tengdosh-
lari bilan muloqot orqali amalga oshadi.
Ommaviy madaniyat-
ning bir turiga qiziqadigan, bir narsani moda deb taqlid qiladi
gan insonlarda umumiy qarashlar paydo bo‘ladi. Bu esa o£smir
va o‘spirinlarda do‘st tanlashda, muloqot sherigini tanlashda asos
boladi.
0
‘smir va o‘spirinlarda bir xil didning shakllanishi, teng-
doshlarida ham bir xil shaxsiy muammolar
mavjudligidan dalo-
lat beradi. Bu esa muloqotdagi tanlovchanlikni amalga oshiradi
hamda o‘z navbatida ma’lum insonlar guruhi bilan chegaralan-
gani uchun tarbiyani ham yo‘naltiradi.
Dostları ilə paylaş: