tarbiyachilar boshqa guruh odamlariga — tarbiyalanuvchilarga
ma’lum psixologik sifatlar va xulq-atvor hosil qilish maqsadida
ta’sir o‘tkazadilar. Aniq qilib aytganda, shaxsga psixologik ta’sir
vositasida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchining
shaxsiyati-
ni o‘zgartirish uchun qollanilgan harakatlar tushuniladi. Ular
qatoriga ta’limning barcha turlarida ishontirish, majburlash, ij
timoiy talablar, tashqi ta’sirlarni va inson harakatlari shaklini
o‘zgartirish bilan bogliq bolgan holatlar kiradi. Tarbiya vosita-
lari sifatida o‘ziga xos o‘rinni
kompleks, global va har taraflama
o4kaziladigan ta’sirlar egallaydi. Ular qatoriga, masalan, psixo-
terapiyani, ijtimoiy-psixologik treningni va boshqa psixokorreksi-
ya turlarini ko‘rsatish mumkin.
Tarbiya vositasi bo‘lib, tarbiyachining shaxsiy namuna b o li
shi, atrofdagi odamlarning ko‘rsatayotgan xulq-atvori,
xatti-ha-
rakati, pedagogik, badiiy, ommaviy va boshqa adabiyotlarda kel-
tirilgan va yuqori baholangan lavhalar ham hisoblanadi. Insonga
ta’sir etib, uning psixologiyasi va xulq-atvorini o‘zgartirishi mum
kin bolgan har qanday narsa tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladi.
Tarbiya vositalarini odamga ta’sir etish xarakteriga ko‘ra ik
ki guruhga: bevosita va bilvosita ta’sirlarga ajratish mumkin. Bu-
lardan birinchisi bir odamning boshqasiga bevosita ta’siri, ya’ni
bir-biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishi hisoblansa, ikkin-
chisi, qandaydir vositalar orqali o'tkaziladigan ta’sir, ya’ni bunda
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘zaro aloqa qilmaydi (masalan, ki-
tob o£qish va b.).
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining
anglashi nuqtayi nazari-
dan kelib chiqilsa, tarbiya jarayonida uning vositalarini aniq va
mavhum turlarga bolish mumkin.
Anglangan tarbiya vositasi qollangan taqdirda tarbiyachi
anglagan holda o‘z oldiga aniq, anglangan maqsad qo‘yadi, tarbi
yalanuvchi u haqida biladi va uni qabul qiladi. Agar mavhum vo
sitalar ta’siri qollanilganda sinovdagi tarbiya ta’siri anglanmagan
holda kechadi, tarbiyachi anglab nazorat olib bora olmaydi ham
da oldindan o‘ylangan yanglish ta’sir kelib chiqadi.
523
Tarbiya ta’siri qanday tarbiya obyektiga qaratilganligiga ko‘ra
uning vositalari quyidagicha bo‘linadi: emotsional, kognitiv va
xulqiy. Tajribada ko‘proq ular kompleks tarzda uchraydi.
Har bir ko‘rsatilgan tarbiya vositalari o‘zining kuchli va ojiz to-
monlariga ega. Masalan, bir odamning ikkinchi bir odamga tarbi
yaviy ta’sirining o'ziga xosligi va yutuqlari shundan iboratki, bunda
tarbiyaning quyidagi turlari ishlatiladi: uqtirish, taqlid
qilish va maj-
burlash, o‘z navbatida bu usullar asosida ta’limning effektiv mexa-
nizmi yotadi. Bu usul qollanilganda tarbiyachi so‘z vositalaridan
foydalanmasligi ham mumkin, tarbiyalanuvchiga to‘g‘ri va kerak-
li xulq-atvorni namuna sifatida ko‘rsatishi va o‘rnak bo‘lishi lozim.
Tarbiyachi doimo o‘zi istaganidek, barcha narsani so‘z
bilan
ifodalab bera olmaydi. Shuning uchun ham to‘g‘ridan to‘g‘ri tar
biya ta’siri tarbiya imkoniyatlarini kengaytiradi. Bundan tashqa
ri, bu vosita bola rivojlanishining ilk bosqichida mumkin bolgan
yagona usuldir, holbuki bola hali unga qarata aytilgan so‘zlarni
tushunmaydi. Bu holat bolalarning yoshidan qat’i nazar katta
ahamiyatga egadir. Pedagogikada bu usul shaxsiy namuna deb
nomlanadi. Ushbu tarbiya vositasining kamchiligi shaxsiy va vaqt
bo‘yicha qollanilishining chegaralanganligidir.
Tarbiyalovchi tarbiyalanuvchiga faqat o‘zi ega bolgan bilim-
larni bera olishi mumkin. Bundan tashqari tarbiyachi har doim
ham tarbiyalanuvchi bilan muloqotda bola olmaydi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri bolmagan yoki bilvosita tarbiya vositasi-
da
kitob orqali, ommaviy axborot vositalari va kodlashgan tizim
orqali bir odamdan boshqa odamga axborot uzatiladi. Bunday ax-
borotlarni saqlash va bir necha marotaba qollash mumkin. Bun
day inson takror va takror material manbayiga murojaat eta oladi.
Ammo bunday tarbiya odatda insonga xos bolgan jonli hayotiy
kuchlardan mahrumdir. Bundan tashqari ushbu vosita ta’siri yosh
bo‘yicha ham chegaralangan. Ushbu usul so‘zlab berilgan mavzu-
ning axloqiy mazmunini anglatadigan bolishi lozim.
Bevosita tarbiyaviy ta’sirning yutuqlari shundan iboratki, u
boshqariladigan, avval o‘ylab rejalashtirilgan va nazorat qilib tu-
524
rish mumkin bolgan natijalar beradi. Bilvosita tarbiya jarayo
nida ko‘rilgan, kuzatilgan kamchiliklar bunda ham mavjuddir.
Mavhum anglanmagan tarbiya vositasi
anglangan tarbiya vosita-
laridan k o la ko‘proq uchraydi, lekin uning yutuqlari va kamchi-
liklarini amaliy jihatdan baholash qiyin. Bunga sabab uni ongli
ravishda nazorat etib bolmasligidir.
Kognitiv tarbiya ta’siri kishining bilim tizimlariga yo‘naltiril-
gan bolib, uni o‘zgartirish, mukammallashtirishni maqsad qilib
qo‘yadi. Hozirgi zamon olimlarining fikriga kola, insonning
dunyo haqidagi bilimlari uni shaxs sifatida namoyon etib qol-
may, balki uning xulq-atvoriga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tarbi
ya ta’sirining bu sohadagi yutuqlari sezilarli darajada ortib, hozir
gi davrda bu soha asosiy o‘rinni egallab bormoqda.
Emotsional tarbiya ta’siri tarbiyalanuvchida ma’lum
affektiv
holatni vujudga keltirishga va uni saqlab turishga moljallangan
bolib, ularning psixologik ta’sirlarni qabul q
Dostları ilə paylaş: