Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

ilishini
yengillashti- 
radi yoki qiyinlashtiradi.
Ijobiy emotsiyalar tarbiyalanuvchini tarbiya ta’siri subyektiga 
nisbatan ochiq nazorat hosil qiladi. Salbiy emotsiyalar esa aksin- 
cha, tarbiyalanuvchiga ko‘rsatilayotgan tarbiya ta’sirini kamayti- 
radi.
Xulqiy-axloqiy tarbiya ta’siri bevosita odamning xulq-atvori, 
uning faoliyati va o‘zini boshqara olishiga yo'naltirilgan. Uni tur­
li ta’sirlar vositasida ma’lum bir yo‘nalishda yo‘naltirilsa, ular bil­
vosita shaxs holatiga, uning shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Bunday holatda tarbiyalanuvchi avval qandaydir ma’lum xat- 
ti-harakatni amalga oshiradi, so‘ngra esa shu yolning foydali 
yoki zararliligini tushunadi. Berilgan ta’sir avval shaxsning ichki 
dunyosida o‘zgarishni vujudga keltirsa, bu o‘zgarish keyin uning 
xulq-atvorida namoyon boladi.
Bilim, emotsiya va xulq-atvor o‘zaro bogliq ekan, ularning 
har biri orqali shaxsga ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bu holat tarbi- 
yachining imkoniyatlari cheklanganda biror-bir tanlangan tarbi­
ya ta’siriga urg‘u berishda hamda kerakli natijaga erishishda yor-
525


dam beradi. Ammo mukammal tarbiyaviy ta’sirga ular birgalikda 
shaxsga har taraflama ta’sir ettirilgandagina erishiladi.
So‘nggi paytlarda shaxsga psixoterapevtik va psixokorreksion 
ta’sir vositalari va uslublarini qo‘llash keng tarqalmoqda. Odatda, 
psixoterapiya pedagogik psixologiyaning bir bo£limi emas, balki 
to‘la psixogen tabiatga ega bolgan, insonning psixologik holati- 
ga bogliq kasalliklarni davolash yoki ularni oldini olish vosita- 
si deb tushunilgan. Hozirgi paytda dunyoning qator mamlakat- 
larida psixoterapiya ta’siri tibbiyot amaliyoti chegarasidan chiqib, 
psixokorreksion va psixoprofilaktik maqsadlar sohasida shaxsni 
tarbiyalashda, uni real ijtimoiy sharoitga moslashtirishda keng 
qollanilmoqda. Bunday uslublar qatoriga ijtimiy psixologik tre- 
ningni kiritish mumkin. U o'zida ko‘pdan ko‘p metodlarni jam- 
lagan bolib, ularning ko‘p qismi insondagi hayotiy muammolarni 
va ta’sirli voqealarni ziddiyatlarsiz, atrofdagi odamlar bilan qulay 
munosabatlar o‘rnatgan holda hal qilishga o‘rgatadi.
Psixokorreksion uslublarni qollash deb, psixolog-psixoterapevt 
va mijoz muloqotiga aytiladi. Bunday muloqot vaqtida mijoz mu- 
taxassisga o‘z muammolarini so‘zlab beradi, psixolog yoki psixo- 
terapevt ularni mushohada qilib, o‘z vositalaridan foydalanib mi- 
jozga ushbu muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Hozirgi zamon tibbiyotida va tibbiyot psixologiyasida psixote- 
rapiyaning ancha keng tarqalgan shakli psixoanalizdir. U Z. Freyd 
nazariyasiga asoslangan bolib, uning negizida inson shaxsi rivoj­
lanish shartlari, turli muammolarning kelib chiqishi va ularni 
yechish usullari yotadi. Psixoterapevtning vazifasi shundan ibo­
ratki, u psixoanalitik uslubdan foydalanib, mijozning anglab 
yetilmagan mayllarini uning ongiga yetkazish orqali ular bilan 
bogliq bolgan ziddiyatlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi. Bu 
oqim namoyandalarining ta’kidlashicha, faqatgina anglanmagan 
motiv va ichki ziddiyatlargina anglab yetiladi, natijada ularni 
aqlan idrok etish orqali muammolarni osongina hal qilish mum­
kin. Psixoanalitik tomonidan mijozdagi anglab yetilmagan zid­
diyatlarni aniqlashda erkin assotsiatsiya metodi ham qollaniladi.
526


Bu metodning mohiyati shundan iboratki, psixolog o‘zi egal- 
lagan barcha usullardan foydalanib, mijozni jo‘shqin gapirish- 
ga undaydi, bu o‘zini xavotirga solgan axborot tariqasida bo‘ladi 
(odatda bu gipnoz holatida qilinadi yoki mijozning o‘ta kirishuv- 
chan holatida o‘tkaziladi).
Shaxsga psixoterapevtik ta’sir vositalari va uslublari juda ham 
ko‘p, ular bilan tanishish maxsus psixologiya kursining vazifasidir.
Shaxs odam ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar sistema- 
sining ta’siri ostida va unda o‘zi bajaradigan faoliyat ta’siri osti- 
da tarkib topadi. Ijtimoiy muhitning, jamoaning shaxsga ta’siri 
to‘g‘risida gapirilar ekan, ijtimoiy psixologiya ishlab chiqayot- 
gan referent guruh tushunchasiga asoslanish zarur. Gap shun- 
daki, hamma odamlar ham, hatto eng yaqin tevarak-atrofdagi 
odamlar ham maktab o‘quvchisining shaxsiga ta’sir qilavermay- 
di, ko‘plarning fikrlariga u befarq qaraydi. Har bir odam uchun 
bo‘lganidek, har bir maktab o‘quvchisi uchun ham ayrim guruh- 
lar (ba’zan bunday guruh bir kishidan tarkib topgan bolishi ham 
mumkin) mavjud boladi, u shaxs sifatida bu guruhlarning fikr- 
lari, o‘zi uchun nihoyatda ahamiyatli bolgan mulohazalari bilan 
hisoblashadi. Oila, sinf, sinfdagi ayrim o‘quvchilar, ba’zi o‘qituv- 
chilar, hovlidagi ulfatlar, yaqin do‘st va hokazolar muayyan mak­
tab o‘quvchisi uchun ana shunday referent guruhlar bolishi mum­
kin. Maktab o‘quvchisining tez-tez uchrab turadigan tarbiyaviy 
ta’sirlariga befarq yoki hatto salbiy munosabatda bolish hollari- 
ga ko‘pincha o‘quvchining tarbiyachiga ma’lum bo‘lmagan refe­
rent guruh pozitsiyasida turishi sabab boladi. A.V.Petrovskiyning 
oqilona fikriga ko‘ra, agar tarbiyachi, maktab o'quvchisiga hech 
narsa va hech kim ta’sir qila olmaydi, deb da’vo qiladigan bolsa, 
bu narsa odatda tarbiyachining maktab o‘quvchisining axloqiy 
pozitsiyasini belgilab beradigan ta’sirli referent guruhlardan mut- 
laqo xabarsiz ekanligini bildiradi.
Bolalik va maktab yoshida shaxs tarbiyaning hal qiluvchi ta’si­
ri ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan 
dasturning, anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta’sir
527


ko‘rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vosi­
talari, shakllari hamda metodlarining qo‘llanilishi bilan tasodifiy 
va stixiyali ta’sirlardan ajralib turadi.
Maktab o‘quvchisining muayyan qoidalar va normalarni bi­
lishi ma’naviy xulq-atvorning zarur shartidir. Biroq axloq nor- 
malarini shu tariqa bilish o‘z-o‘zidan axloqiy xulq-atvorni te- 
gishli darajaga erishtirmaydi. Buning ustiga, bilimlarni ma’naviy 
xulq-atvorni amaliyotsiz o‘zlashtirib olish ma’naviy bilimlar bi­
lan ma’naviy xulq-atvor o‘rtasidagi ajralishda ifodalanadigan «ax­
loqiy rasmiyatchilik» deb ataluvchi holatning yuzaga kelishiga 
olib boradi. Shuning uchun maktabgacha tarbiya muassasasi tar- 
biyalanuvchisi, maktab o‘quvchisining hayoti va faoliyatini to‘g‘ri 
tashkil qilish, ijodiy axloqiy, ijtimoiy xulq-atvor tajribasi uning 
shaxsini tarkib toptirishda asosiy narsa bolishi kerak. 
0
‘quvchida 
bu narsa tarbiyachi rahbarligida hosil boladi. Bu narsa o'quvchi- 
larda tabiiy, axloqiy va g‘oyaviy-siyosiy bilimlar majmuasini (bu 
bilimlar muayyan darajada yetakchi rol o‘ynagan paytda) tarkib 
toptirish bilan yuz berishi kerak.
Psixologlar (awalo L.I.Bojovich va uning xodimlari) bola va 
maktab o‘quvchisining shaxsini tarkib toptirishda uning faoliyatini 
to‘g‘ri tashkil qilish, uning to‘g‘ri xulq-atvor tajribasini orttirishigi- 
na emas, balki uning xulq-atvorining (ma’lum harakatga undovchi 
fikrlari, his-tuyg‘ulari, maqsadlari sistemasini) to‘g‘ri motivlarini 
tarbiyalash ham hal qiluvchi narsa ekanligini ko‘rsatib beradilar.
Psixologlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, birgina faoli­
yatning o‘zida (bu faoliyatning bola uchun nima sababdan yuz 
berishiga ham qarab) shaxsning har xil (va hatto bir-biriga qa- 
rama-qarshi bolgan) sifatlari tarkib topishi mumkin. Masalan, 
biz tarbiyalanuvchilarni boshqalarni ochiqdan ochiq va dadil tan- 
qid qilishga o‘rgatamiz. Ana shunday qilish bilan bolada jasurlik, 
sof dillik, tanqidiy ko‘z bilan qarash fazilatlari tarkib topadi, deb 
hisoblaydilar. Ammo biz aytilganlarni hisobga olmasak, hami- 
sha ham o‘zimiz ko‘zlagan maqsadga erishavermaymiz. Chunki 
xulq-atvorning ana shu to‘g‘ri shakli negizida maktab o‘quvchisi
528


amal qiladigan motivlar yotadi. Bu xulq-atvor shaxsan o‘quvchi- 
ning o‘zi uchun qanday ma’noga ega bo'lishiga qarab, unda har xil 
sifatlar tarkib topishi mumkin. Agar o'quvchi o‘z o‘rtog‘ini qat’iy 
motivlar asosida tanqid qiladigan bo‘Isa, bu tanqid uning o‘rtog‘ida 
xarakterning prinsipiallik, qat’iylik, halollik singari sifatlarini 
tarkib toptirishga yordam beradi; bordi-yu, o‘z aybini o‘rtog‘ining 
bo‘yniga qo‘yish istagi bilan tanqid qiladigan bo‘lsa, bu xudbin- 
lik, individualizmning tarkib topishiga yordam beradi. Agar shax­
siy g‘araz bilan tanqid qilinadigan bo‘lsa, unda shu asosda qasos- 
korlik, makkorlik, insofsizlik xislatlari tarkib topadi. Agar bunday 
tanqid qilishga, nihoyat, o‘qituvchidan qo‘rqish va unga yoqish 
istagi yoki mag'rurlik istagi sabab bo‘lsa, unda laganbardorlik, ikki 
yuzlamachilik singari xislatlar tarkib topishi mumkin. Binobarin, 
to‘g‘ri xulq-atvor tajribasi bu xatti-harakat muayyan motivlar aso­
sida amalga oshirilgan vaqtdagina ko‘zlangan maqsadga olib kela­
di. Shuning uchun xulq-atvorning to‘g‘ri motivlarini tajribada tar­
biyalash va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab 
o‘quvchilarida muayyan vaziyatlarda tarbiyaviy ta’sirlar vositasida 
yuzaga keladigan ijobiy motivlar ularning tajribasida mustahkam- 
lanishi va barcha boshlang‘ich vaziyatlaiga tarqalishi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, shaxsning har bir sifat struktura- 
siga, binobarin, maktab o‘quvchisining tegishli xatti-harakatiga 
ijobiy munosabatda bo‘lishiga imkon beradigan motiv, ikkinchi- 
dan, xatti-harakatlarning mustahkamlangan usuli kiradi. Shun­
day qilib, shaxsning xislati olimlar fikriga ko‘ra, xatti-harakat 
motivlari va bu motivlar tegishli shakllarining o‘ziga xos birik- 
masidir. Xatti-harakat barqaror, hukmron (asosiy) motivlarning 
sistemasini ba’zi psixologlar shaxsning yo‘nalishi deb ta’riflay- 
dilar. M.S.Neymark maktab o‘quvchilarining yo‘nalishini tadqiq 
qildi va bu yo‘nalishning uchta asosiy turini — jamoa, shaxsiy 
va ishchanlik yo‘nalishlarini (ishga, faoliyat jarayoniga bo‘lgan 
yo‘nalishni, ijodiy faoliyatga qiziqishni) alohida ajratib ko‘rsat- 
di. Yo‘nalishning jamoa, shaxsiy turlari bir xil, to‘g‘ri xarakte- 
ristikasiga ega bo‘lmasligi kerak. Haqiqiy jamoa yo‘nalishidan
529


tashqari «xudbinlik guruhi» deb atalgan yo‘nalish - boshqa ja- 
moalarning qiziqishlarini mutlaqo mensimagan holda faqat bitta 
jamoaning (guruh, sinf) qiziqishlarinigina e’tirof etadigan yo‘na- 
lish ham bor. Shaxsiy yo‘nalish shaxsiy yutuqlarga erishishga qa- 
ratilgan yo‘nalish sifatida hamma vaqt ham jamoa yo'nalishiga 
qarama-qarshi bolavermaydi.
Psixologlar tarbiyaviy ish metodlarining psixologik asoslarini 
ishlab chiqayotganlarida, tarbiyaning har qanday metodiga abstrakt 
tarzda qarab va uni baholab bolmaydi, degan fikrga asoslangan- 
lar. Bu metodlar qollanilayotganda, birinchidan, tarbiyalanayot- 
gan o‘quvchining yosh va individual xususiyatlarini, ikkinchidan, 
shu o‘quvchi a’zo bolgan bolalar jamoasining xususiyatlarini, ni- 
hoyat, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatiladigan muayyan konkret sharoit- 
larni hisobga olish zarur. Shaxsning ijobiy yo‘nalishini tarkib top- 
tirish uchun, maktab o‘quvchisining barcha vaziyat va holatlarida 
to‘g‘ri yo
‘1
tutishi uchun uning nima qilishni bilishi, o‘zi hurmat 
qiladigan kishilarning nima qilayotganlarini ko‘rishi va o‘zi ham 
to‘g‘ri xulq-atvorli bolishni mashq qilishi zarur.
Bilimlar, axloqiy tasavvurlar va tushunchalarning muayyan 
sistemasini egallamasdan turib haqiqiy e’tiqodlarni tarkib topti- 
rib bolmaydi. 
0
‘z-o‘zidan bu bilimlar axloqiy xulq-atvorni bel- 
gilamasdan turib, unga muhim ta’sir ko‘rsata olmaydi. Psixologik 
tadqiqotlarda shu narsa aniqlanganki, axloqiy tushunchalarni 
o‘zlashtirish jarayoni juda murakkab jarayon bolib, unga max­
sus rahbarlik qilishni talab etadi. 
0
‘quvchilarning tasodifiy hol­
lar, ko‘chadagilarning bema’ni ta’siri, kattalarning yaramas 
xatti-harakatlari ta’sirida tarkib topadigan axloqiy tushunchalari 
tarbiyachilar va jamoa tomonidan to‘g‘ri g‘oyaviy rahbarlik qilin- 
masa, xato, noto‘g‘ri, buzuq tushunchalarga aylanib qolishi mum­
kin. Ba’zan 
0
‘quvchi turmushdagi biror fakt yoki voqeani, adabiy 
asarlardagi mazmunni, kinokartinalarni o‘zi mustaqil tushuna 
olmay, noto‘g‘ri xulosalarga kelib qoladi. Juda og‘ir sharoitlar- 
da o‘quvchida xato fikrlargina emas, balki ma’naviy tamoyillar 
va ustanovkalar ruhiga ko'ra bizga yot bolgan xatolar ham yuza-
530


ga kelishi mumkin. Ko‘pchilik noto‘g‘ri xatti-harakatlarning yuz 
berishiga ana shular sabab bo‘ladi.
Axloqiy ongni tarkib toptirishning eng muhim yo‘li 
0
‘quvchi- 
larning o‘zlarida to‘g‘ri xulq-atvorni yuzaga keltirish bilan axloqiy 
tajribani boyitish va umumlashtirish yo‘lidir, albatta. 
0
‘quvchi- 
lardagi axloqiy bilimning turli-tuman shakllari, ularning on- 
gi va his-tuyg‘ulariga jonli, yorqin, otashin so‘zning (jamoalar- 
da uyushtiriladigan suhbatlar, ma’ruzalar, munozaralar) ta’siri bu 
ishni ancha to‘ldirishi mumkin.
Birinchi vazifa — o‘quvchida o‘zida shaxsning ijobiy xislatla- 
rini taraqqiy ettirishga va o‘z xulq-atvoridagi yomon tomon- 
lardan xalos bo‘lishga intilish istagini uyg‘otish.
Ikkinchi vazifa — o'quvchiga o‘z shaxsiga tanqidiy munosa­
batda bo'lishda, o‘z xulq-atvoridagi xususiyatlarni diqqat bi­
lan va odilona tushunib olishida, o‘z kamchiliklarini yaqqol 
ko‘rishda, o‘z nuqsonlarini fahmlab olishda yordamlashish 
vazifasi kelib chiqadi.
Uchinchi vazifa — o‘qituvchi tarbiyachi o‘z-o‘zini tarbiyalash 
dasturini tuzishda, shaxs xulq-atvori xislatlarining qaysi xu­
susiyatlarini (masalan, o‘zini ushlay bilish, qat’iylik va shu 
singarilarni) taraqqiy ettirish, qaysilarga (masalan, 
0
‘jarHk, 
yalqovlik, qo‘pollikka) barham berish kerakligini belgilab, 
hal qilib olishda 
0
‘quvchiga yordam beradilar. Xuddi shu 
yerda shaxs sifatlarini to‘g‘ri va obyektiv baholashda, ularni 
kelib chiqish sabablari hamda mazmuni jihatidan baholashda 
ham o‘quvchilarga ko‘maklashish muhimdir.
Nihoyat, to‘rtinchi vazifa - o‘qituvchi, tarbiyachi o‘z- 
o'zini tarbiyalashning oqilona yo‘llarini ko‘rsatib beradilar, 
o‘quvchini shaxsning ijobiy hislatlarini tarkib toptirish va 
kamchiliklarga barham berishga oid eng maqsadga muvoflq 
va samarali yo‘llarini ko'rsatadilar.
0
‘smirlik yoshidan boshlab, tarbiyaning yangi omili — 
0
‘z- 
o‘zini tarbiyalash vujudga keladi. 
0
‘quvchilar o‘zlaridan ijtimoiy
531


ahamiyatga ega bolgan shaxs xislatlarini tarkib toptirish sohasi- 
da xulq-atvordagi kamchiliklarga salbiy xislat va sifatlarga bar- 
ham berish sohasida ongli ravishda muntazam ishlay boshlay- 
dilar. Odam yuksak darajada o‘z-o‘zini idora qiluvchi, o‘z-o‘zini 
kamol toptiruvchi birdan-bir sistemadir, — degan edi I.P.Pavlov.
Agar o‘z-o‘zini tarbiyalashga bolgan intilishni kattalar, ja­
moa yetarli darajada boshqarib va tashkil qilib turmasalar, unda 
o‘quvchi o‘z-o‘zini tarbiyalash mazmunida (nimani tarbiyalash- 
da) hamda uning shaklida (qanday tarbiyalashda) jiddiy xatolar 
qilishi mumkin.
0
‘qituvchi, tarbiyachi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashi- 
ga rahbarlik qilishda 4 ta vazifani ko‘zda tutishi kerak.
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashq- 
qa degan edi ulug‘ olim Arastu. Ana shu g‘oyalarga asoslangan 
holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
— tarbiyada ulg‘ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat 
deb tan olish, har bir talaba, o‘smir va yosh yigitning betakror va 
o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqiy va erkinligi- 
ning e’tiborga tutilishi:
— milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahon- 
madaniyatining ilg‘or tajribalariga asoslanish;
— talabalar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil 
qilish,
— qiziqarli, tolaqonli talabalar yosh jihatlariga mos hayot iqli- 
mini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko‘ngil- 
ochar va shunga o'xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada 
talabalar o‘zlari xohlagan ishga qo
‘1
ursinlar, muvaffaqiyat hissini 
tushunib o‘zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bolsin.
Xulosa qilib aytganda, mustaqil jamiyatning baxt-saodati 
yolida halol mehnat qilish; jamiyat boyligini saqlash va ko‘payti- 
rish yolida har bir kishining tinmay g‘amxo‘rlik qilishi, ijtimoiy 
burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda 
halollik va rostgo‘ylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtar- 
lik, milliy va irqiy adovatlarga aslo yo
‘1
qo‘ymaslik va doimo
532


o‘z-o‘zini tarbiyalab borish kabilar tarbiya jarayonining muhim 
xislatlaridir.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin