Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Pedagogik jamoa psixologiyasi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

23.7. Pedagogik jamoa psixologiyasi
Pedagogik jamoa o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bog‘liqlik, 
ta’limning tuzilishi, o'quvchilarning o‘qish va bilish faoliyati­
ni shakllantirish hamda tarbiya psixologiyasining ta’lim-tarbi­
ya jarayonida o‘quvchi shaxsini barkamol inson sifatida shakl­
lantirish kabi muhim muammolarni tadqiq etadi. Pedagogik 
jamoada o‘quv-tarbiya jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari, 
zamonaviy ta’lim-tarbiya nazariyasining vazifalarini tatbiq etish 
bilan shug'ullanadi.
Pedagogik faoliyat doimo o‘qituvchilar jamoasi doirasida olib 
boriladi. Shu munosabat bilan rahbar pedagogik jamoaning ich- 
ki hayotiga oid o‘ziga xos qonun, qoida va xususiyatlar haqida- 
gi bilimlarga ega bo'lishi lozim. Maktab direktori yoki 
0
‘qituv- 
chi qanchalik o‘zini yolg‘iz his qilmasin, baribir biron sinf yoki 
pedagogik jamoa manfaatlari doirasida bo‘ladi. Umuman har bir 
kishining mehnat faoliyati biron jamoa ichki qoidalari, norma- 
lari asosida boshqariladi. Hatto, yakka tartibda ishlaydigan mu- 
taxassis ham, biron uyushma yoki jamiyat ichida qabul qilingan 
qadriyatlar va qoidalarga suyanib faoliyat yuritadi. Shu ma’no- 
da alohida shaxsni boshqarish imkoniyati ko‘p hollarda jamoani 
boshqarish uslublari bilan uyg‘unlashadi.
Pedagogik jamoa — bu birgalikda mehnat qiladigan shaxslar 
guruhi bo‘lib, unda kishilar bir-birlari bilan o‘zaro munosabatda 
bo‘ladilar, har bir xodim hamkasbiga murojaat qiladi, ayni vaqt- 
da uning ta’sirini ham his etadi.
Pedagogik jamoalar kichik va ko‘p ming kishilik bo‘lishi ham 
mumkin. Har qanday holda ham jamoa ayrim shaxsga nisbatan 
muayyan funksiyalarni bajaradi.
564


Pedagogik jamoa rahbarining ishida bolalarning ta’lim-tarbiya 
sifatini oshirishga yo‘naltirilgan kasbiy-pedagogik ishga undash, 
o‘qituvchi va tarbiyachilar faoliyatini motivlashtirish muhim hi- 
soblanadi. 
0
‘qituvchi faoliyati motivatsiyasini kuchaytirishning 
bir necha usullari mavjud.
A. 0 ‘qituvchilarning muhim moddiy ehtiyojlarini qondirish 
uchun sharoit yaratish.
B. Muhim ijtimoiy ehtiyojlami qondirilishini ta’minlash: mu­
loqot, e’tibor, tan olinish, muvaffaqiyatlarga erishish.
C. 0 ‘qituvchining takrorlanmas individuallik sifatida shaxsiy 
o‘sishi, ijodi va o‘z-o‘zini namoyon qilishi uchun sharoit yaratish.
Pedagogik jihatdan maqsadga muvoflq tashkil etilgan jamoa 
faoliyati natijasida jamoa a’zolari o‘rtasida ishchanlik, bir-biri 
uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javob- 
garlik hissi qaror topadi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi 
uchun mas’uliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-bi- 
riga yaqinlashtiradi, jamoaga hurmat hissini paydo bolishiga 
ko‘maklashadi, jamoa bilan munosabatda bolish ehtiyojini oshi- 
radi, jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro ruhiy yaqinlik, hissiy birlik 
(bir-birini yoqtirish) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko‘pincha 
o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi hamda ular pedagogik ta’sir ko‘rsatish 
uchun qo‘1 keladi. Ruhiy va hissiy birlik jamoa a’zolarning birga­
likdagi faoliyatining mazmuniga, ular orasidagi hosil bolgan ish­
chanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bogliqdir.
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishi- 
ni bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi degan- 
da jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun 
zarur boladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur tuzil- 
ma, bir tomondan, jamoa a’zolari qo‘yilgan ishchanlik munosa- 
batlarini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini ba- 
jaruvchi tarbiyachilar hamda jamoa a’zolari o‘rtasidagi mavjud 
boshqarish munosabatlari mazmunini ifoda etadi.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o'rtasidagi shaxs- 
lararo ma’naviy, psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va
565


mikroguruhni tashkil etuvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash 
munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi 
mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. Tar- 
biyalanuvchi shaxsning jamoadagi o‘rni uning shakllanish jara- 
yoniga ta’sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy 
tuzilmalar bir-biriga muvofiq bolganda jamoaning rasmiy yetak- 
chilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga tashlangan o‘rinni 
egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Shuningdek, 
norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy man- 
faatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lganda jamoa o‘zining 
chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.
Yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik 
ahil va inoq munosabat zaminida tashkil topgan bo‘lmasin, ha- 
qiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga 
moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o‘rtasida ij­
timoiy ahamiyatli faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi alo- 
qa va munosabatlarni o‘rnata olishi lozim. Jamoaning majburiy- 
lik belgisi unda pedagogik rahbarlikning bo‘lishidir.
Shunday qilib, jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi 
bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan umumiy maqsad hamda 
mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyat- 
ni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning 
munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish 
va bir-biriga bo‘ysunish, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi 
asosida muayyan faoliyatni olib boradi.
Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsa- 
di hisoblanadi. Namuna ko‘rsatish uni shakllantirish vositasi 
bo‘lib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a’zo- 
sini tarbiyalash yaxshi samara beradi. Jamoaning yetakchi tar- 
biyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy 
sifatlarni hosil qilish mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror top- 
tirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim hamda yangi turdagi 
ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish mas’uliyatli vazi- 
fa sanaladi.
566


Har bir shaxsga ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahora- 
ti va obro‘siga bog‘liqdir. Bunda:
Pedagogning kasbga oid mahoratini shakllantirishda peda- 
gogik-psixologik nazariyalarning ahamiyati kattadir, chunki 
ma’naviyatimizning shakllanishida o‘z-o‘ziga ega bo‘lgan inson- 
lar faoliyati, ularga qo'yilayotgan talablar, zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar to‘g‘risida nazariyalar pedagogik mahoratni shakl- 
lantirishning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik taj- 
ribalarni takomillashtirishda ilmiy pedagogik ma’lumotlardan 
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki, hozirgi zamon fan 
va texnika taraqqiyoti pedagogning ijodkor bo‘lishini fanning 
muhim muammolari yuzasidan erkin flkr yurita olishi, fan yu­
tuqlarini talabalarga yetkaza olishi va nihoyat talabalarni ham 
ijobiy fikrlash, tadqiqotchilik ishlarini o‘rgata olishini talab qila­
di. Shuning uchun pedagog avvalo tadqiqotchilik ishlarini olib 
borishi va bu sohadagi malakalarni egallashi zarur. Pedagog il­
miy tadqiqot ishlarini olib borishi davomida tajribalarni to‘playdi,
567


tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U shu xulosalardan 
o‘zining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon 
pedagogi uchun zarur bolgan juda muhim bilimlarni egallaydi.
Pedagogik mahoratni takomillashtirishda shaxsiy pedagogik 
izlanishning ahamiyati kattadir. Pedagog ishidagi muvaffaqi- 
yat kunlik faoliyatda kattalar va talabalar, ayrim guruh va yakka 
shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyatini ta’minlaydi.
Faoliyatda duch keladigan turli xil voqealarga pedagogik qoi- 
dalar nuqtayi nazaridan qarab emas, balki sharoitni hisobga ol- 
gan holda ijobiy hal etish talab etiladi.
Keng ilmiy saviyaga ega bolish, intellektual qiziqish, yangilik- 
ni his qila bilish, pedagogik mahoratni oshirishga intilish peda- 
gogga xos xususiyatlardan hisoblanadi.
Ta’lim sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiq bolishi uchun 
amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu sohada ilmiy tad- 
qiqot ishlari amalga oshiriladi.
Shaxsiy izlanishlar va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish 
pedagogning pedagogik mahoratini takomillashtirishning muhim 
omili bolib hisoblanadi. Shuningdek, nazariy, milliy madaniy 
va umuminsoniy qadriyatlardan, dunyoviy, diniy ilmlardan ham 
xabardor ma’naviy barkamol inson bo‘lmog‘i lozim.
Ilmiy pedagogik izlanishlarni baholash mezonlari to‘g‘risida 
fikr yuritilganda, avvalo tadqiqotning zamonaviyligi, dolzarbligi, 
undan ko‘zlangan maqsad hamda natijalar nazarda tutiladi.
Pedagog shaxsining kasb sohasidagi xususiyatlari — bu tala- 
balarni sevish, ular bilan ishlashga qiziqish, o‘z kasbiga mu- 
habbat, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchi- 
lik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik, qat’iylik va 
maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish, kasbiy layoqat- 
lilik va boshqalar.
Samarali pedagogik ta’sir ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil etish tala­
balar bilan muomala qilishda samimiy munosabatda bolishga yor- 
dam beradi. Amaliy pedagogik faoliyatda ilmiy g‘oyalar va peda­
gogik tarbiyani qollash pedagog mehnatiga ko‘p jihatdan bogliq.
568


Lekin bu mehnat natijalari darhol ko‘rinmaydi. Uning mahsulini 
ko‘rish uchun yillab mehnat qilish kerak. Pedagog faoliyati- 
ni o‘rganish shuni ko'rsatadiki, bu faoliyat o‘zining sifat ko‘rsat- 
kichlari bo‘yicha ham turlicha bo‘ladi. Haqiqiy fidoyi pedagoglar 
o‘z faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishadilar. Tajribali novator 
pedagoglar talabalarga samarali ta’lim-tarbiya berish bilan bir qa- 
torda pedagogika fanidan yangi yo‘l ham ochmoqdalar.
Pedagogning ijodkorligi talabaning ijodkorligini uyg'otadi. 
Ular o‘z talabalarini vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash bilan bir- 
ga ularning qalbida oliyjanob fazilatlarni qaror toptiradilar.
Respublikamizda o'qituvchi kasbiga yo‘llash, o‘qituvchiga xos 
xislatlar, qobiliyatlarni, professiogrammasini o‘rganish bo‘yicha 
atoqli psixologlar M.G.Davletshin, R.Z.Gaynutdinov, E.G‘.G‘ozi- 
yevlar rahbarligida ularning shogirdlari tomonidan bir qator tad- 
qiqotlar o‘tkazilgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan 
so‘ng professor M.G.Davletshinning tashabbusi bilan 1991-yilda 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida ilmiy 
darajalar beruvchi Ixtisoslashgan Kengash o‘z faoliyatini boshla- 
di. Ana shu Kengashda birinchilardan himoya qilgan tadqiqotchi 
M.G.Davletshinning shogirdi N.M.Majidov bo‘lgan. U « 0 ‘qituv- 
chilik kasbiga yollashning psixologik jihatlari» mavzuida ilmiy 
tadqiqotini himoya qilgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, 
0
‘qituv- 
chi quyidagi sifatlarga ega bo'lishi kerak: bolalarni sevish, bolalar 
bilan chiqishib ketish, ularni tushunish, mehnatsevarlik, insoniy- 
lik, prinsipiallik, talabchanlik, axloqiy barqarorlik va b
.1
R.Z. Gaynutdinov tomonidan o‘qituvchilik kasbiga yo‘nalti- 
rishning psixologik jihatlari yoritilgan. Muallif keyinchalik ushbu 
muammoni o‘rganishni shogirdlari bilan hamkorlikda davom ettir- 
gan2. Shogirdlaridan biri S.X.Jalilovaning «Pedagogika instituti ta-

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin