Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Filogenez (yunoncha, phyle — qabila, genesis — kelib chiqish, paydo



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

64


Filogenez (yunoncha, phyle — qabila, genesis — kelib chiqish, paydo
bo'lish) — muayyan tirik mavjudot turining yerda hayot boshlangani-
dan keyingi evolutsion taraqqiyot jarayoni.
Shveysariyalik psixolog E.Klapared «Bola psixologiyasi va ek- 
sperimental pedagogika» asarida qiziqish, motiv, ehtiyojlarning 
metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivoj­
lanish qonuniyatlari, o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir 
etilishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.
Fransuz psixologi E.Dyurkgeym, ulg‘ayish kishilarning his- 
tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan 
tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajri- 
ba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada ir- 
siyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday 
o‘rin tutishini uqtiradi.
Yana bir fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson 
psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va ta- 
biat o‘rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning 
ulg‘ayishini belgilaydi. U aloqa sifatida xatti-harakatni tushuna- 
di, bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan bosh­
qa narsa emas, albatta. P.Janening ta’kidlashicha, eng qimmatli, 
ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifoda- 
sini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning mu­
him tamoyili hisoblanadi.
Amerikalik psixolog Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bi­
lan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, inson­
ning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa
o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtira- 
di, deb uqtiradi.
Shuningdek, J. Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galton, A.Bine, 
A.Anastazi, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning 
mavqeyini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko‘nikma 
va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o‘rnini ilmiy-amaliy 
asoslab berishda muhim o‘rin egallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi 
kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab qolmoqda.
65


Hozirgi kunda mamlakatimizda ham yosh davrlari psixologi­
yasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga 
doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixolog olimlar tomonidan 
olib borilmoqda.
Respublikamizdagi yetakchi oliygohlarning kafedra va labo- 
ratoriyalarida yosh davrlari va ta’lim-tarbiyaning psixologik xu­
susiyatlari bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etish yuqori malaka- 
li mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jihozlangan 
sharoitlarda ilmiy tadqiqot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur muammolarning yechimi hozirgi zamon fanining 
metodologik tamoyillari asosida, yaqin va uzoq xorijiy mam- 
lakatlarda bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yu- 
tuqlari va g‘oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda 
o‘zining munosib o‘rnini egallab bormoqda. Bu borada RIvanov, 
M.Vohidov, M.Davletshin, E.G‘oziyev, R.Gaynutdinov, B.Qodi- 
rov, R.Sunnatova, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqot- 
larini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o‘quvchilarning texnik 
qobiliyatlari, o‘quv motivlari, zamonaviy maktab o‘quvchisining 
psixologik qiyofasi M.G.Davletshin va uning izdoshlari A.Jab­
borov, F.I.Haydarov, M.M.Mavlonovlar tomonidan, tafakkur va 
ta’limni boshqarish muammosi E.G.G‘oziyevning tashabbusi- 
da, iste’dodli o‘quvchilar va kasb tanlash muammosi B.R.Qo- 
dirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sun- 
natovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.
Shu tariqa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlari- 
dan o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga 0 ‘rta 
Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissala- 
rini qo‘shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy 
ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalar o‘z ahamiyati­
ni saqlab kelmoqda.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin