Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Hozirgi zamon psixoanalitikasi bolalarni tarbiyalash va



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

5.3. Hozirgi zamon psixoanalitikasi bolalarni tarbiyalash va
rivojlanishi haqida
Bolalar psixikasini psixoanaliz va o‘yin texnikasi yordamida 
o‘rganish ularning emotsional sohasi haqidagi tasawurlarni kengay- 
tirdi. Bolalar psixoanalitiki Dj.Boulbi bolalarning emotsional rivoj­
lanishiga e’tibor qaratdi2. Uning boglanib qolish nazariyasi zamo- 
naviy biologik va psixologik ma’lumotlar hamda rivojlanishning 
an’anaviy psixoanalitik tasawurlarini birlashtirishga asoslangan.
Boulbining asosiy g‘oyasi shundan iboratki, ona bolaga na- 
faqat dastlabki organik ehtiyojlarini qondirish uchun emas, muhi- 
mi ona bolaga boglanib qolish hissini yaratadi. Dastlabki oylarda 
bolaning yiglashi, kulishlari onaning g‘amxo‘rligi, tashqi xavfsiz- 
ligi, himoyalanganligidan darak beradi. Emotsional himoyalan- 
gan bolaning soglom psixik tarqqiyot yo‘llari ochiq boladi. Ona 
bilan bola orasidagi dastlabki emotsional «boglanishning buzili-

Развитие 
в 
психоанализе 
/
М .Кляйн, 
С.Айзеке, 
Дж.Райвери,
П .Х айм анн. — М.: 2001.
2 Боулби Дж. Детям — любовь и заботу / / Психология развития:
Х рестом атия.С П б., 2001. С. 127—140
100


shi» psixik kasalliklar va shaxsiy muammolarning vujudga kelish 
xavfini oshiradi (masalan, depressiv holatlar).
Boulbining g‘oyalari hayotga tatbiq etilib, 1950-yillardan ki­
chik bolalarni kasalxonalarda onasidan ajratmaslik haqida qaror 
qabul qilinib, amalda joriy etildi.
E.Fromning bola tarbiyasida ota va onaning roli haqidagi 
fikrlari ham e’tiborga loyiq. Onaning bolaga muhabbati shartsiz 
zarur: bola borligi uchun yaxshi ko‘riladi. Ona hayotga ishonishi 
va ortiqcha xavotirlanmasligi zarur, shundagina u bolaga xavfsiz- 
lik hissini uzatishi mumkin. Otaning muhabbati — shartli mu- 
habbatdir, uni majburiyatlarni bajarib, tartibga rioya qilib, kutil- 
malarga mos harakat qilib qozonish mumkin.
Bolalar psixoanalizi ta’lim va ijtimoiy sohalarda ishni tashkil 
etishda, ota-onalar bilan ishlashda katta ta’sir ko‘rsatadi. Uning 
asosida «xatar guruhi» bolalari uchun turli xil «ota-ona — bola» 
munosabatlarini tuzatish bo‘yicha dasturlar tuzildi. Zamonaviy 
psixoterapiyaning maqsadlari juda keng sohalarda qollanilmoq- 
da: nevrotik belgilarni yo‘qotishdan, xavotirlanishni kamaytirish, 
aqliy faoliyatni tashkil etish o‘zgarishlarigacha xulq-atvorni yax- 
shilashdan iborat.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin