Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Himoya mexanizmlarining asosiy tavsifnomalarini ko‘rsating



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

8. Himoya mexanizmlarining asosiy tavsifnomalarini ko‘rsating.
102


VI BOB. ERIKSONNING SHAXS RIVOJLANISHINI
PSIXOIJTIMOIY NAZARIYASI
Reja:
1. Eriksonning ego-psixologiyasi.
2. Erikson ishlarida tadqiqot metodlari.
3. Erikson nazariyasining asosiy tushunchalari.
4. Shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy bosqichlari.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
Talabalarga Erikson nazariyasi haqida bilim berish.
Tarbiyaviy:
Bo‘lg‘usi psixologlarni Erikson nazariyasini tahlil 
qilishga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi:
Olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab
amaliyotga yo‘naltirish yo‘llari bo‘yicha ko‘nikma-malakalarni 
rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
egopsixologiya, psixoijtimoiy nazariya, 
egotenglik.
6.1. Eriksonning ego-psixologiyasi
Amerikalik psixolog E.Erikson (1902—1994) ego-psixologi­
ya yo‘nalishining vakili sifatida mashhurdir. Erikson nazariyasi 
Anna Freyd nazariyasi kabi psixologik tahlil amaliyotidan keyin 
yuzaga keldi. E.Eriksonning o‘zi tan olganiday, Yevropadan emi- 
gratsiya qilingach yashagan urushdan keyingi Amerikada kichik 
bolalardagi xavotirlilik, hindlardagi umidsizlik, urush veteran- 
laridagi sarosima, natsist (german fashist)laridagi shafqatsizlik ka­
bi ko‘rinishlarni tushuntirish va korreksiya qilish talab qilinadi. Bu 
barcha ko‘rinishlarga psixoanalitik yondashuv nizo mavjudligini 
ko‘rsatdi, Z.Freydning ishlari esa nevrotik nizolarni birmuncha 
o‘rganilgan insoniy axloq aspekti qila oldi. Biroq E.Erikson sanab 
o‘tilgan ommaviy ko‘rinishlarni nevrozning faqat analogi deb hi- 
soblamaydi. Uning fikriga ko‘ra, insoniy «Men»ning asoslari ja­
miyatning ijtimoiy uyushtirilishida ildiz otadi.
E.Erikson «Men» va jamiyat munosabatlari haqidagi psixo­
analitik konsepsiyani yaratdi. Shu bilan birgalikda, uning konsep-
103


siyasi — bu bolalik konsepsiyasidir. Uzoq muddatli bolalikka ega 
bo‘lish aynan insonga xos. Bundan tashqari, jamiyatning rivoj­
lanishi bolalikning uzayishiga olib keladi. «Uzoq davom etuvchi 
bolalik insonni texnik va intellektual mazmunda o‘z ishiga mohir 
odam qilib qo‘yadi, biroq u insonda butun umr hissiy yetilmagan- 
lik izini qoldiradi», — deb yozadi E.Erikson.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin