Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

E.Erikson
E.Erikson shaxs tuzilmasini xuddi Z.Freyd kabi talqin qiladi. 
Agar kundalik hayotimizning qaysidir lahzasida, deb yozadi u, biz 
to‘xtab, o‘zimizdan, ayni daqiqada nimalarni orzu qilganimizni 
so‘rasak, unda bizni qator kutilmagan kashfiyotlar kutadi: biz 
taajjub bilan fahmlaymizki, bizning fikrlarimiz va tuyg‘ularimiz 
nisbiy muvozanat holatidan goh u, goh bu tomonga o‘zgarib, ik- 
kilanishni sodir etadi. Bu holatdan bir tomonga og‘sak, bizning 
fikrlarimiz biz istagan narsaga nisbatan qator fantastik g‘oyalarni 
tug‘diradi; boshqa tomonga og‘gancha biz to‘satdan burch va 
majburiyatlar to‘g‘risidagi fikrlar hukmi ostida qolamiz, biz en- 
di nimalarni istashimiz haqida emas, balki nimalar qilishimiz 
kerakligini o‘ylaymiz; uchinchi holat, bu chegaralar o‘rtasida 
go‘yoki «jonsiz nuqta», eslash qiyinroq. Bu yerda qayerdaki biz
104


o‘zimizni kamroq anglagan joyimiz, E.Erikson fikriga ko‘ra, 
biz hammasidan ko‘ra ko‘proq o‘zligimizni anglaymiz, o‘zimiz 
bo‘lamiz. Shunday qilib, qachonki biz istasak — bu «U», qachon- 
ki biz majburmiz — bu «Boshqa Men», «jonsiz nuqta» esa — bu 
«Men». Bu ikki instansiyalar chegaralari o‘rtasida doimiy ravish­
da muvozanatlashgancha «Men» odamga jadal istaklar va «vijdon 
kuchi bilan bostirilganlar» o‘rtasida murosaga kelish imkonini 
beradigan himoya mexanizmlaridan foydalanadi.
6.2. Erikson ishlarida tadqiqot metodlari
Qator nashrlarda ta’kidlangani kabi E.Eriksonning ishlari 
psixikani tadqiq etishning yangi yo‘li — o‘zida tarixga psixologik 
tahlilni qo‘llashni aks ettiruvchi psixologik-tarixiy usuldan darak 
beradi. E.Erikson bu usul yordamida Martin Lyuter, Maxat- 
ma Gandi, Bernard Shou, Tomas Djefferson va boshqa buyuk 
odamlarning tarjimayi holini, shuningdek, zamondoshlari — kat- 
talar va bolalarning hayotiy tarixini tahlil qildi. Psixologik-tarixiy 
usul shaxs psixologiyasiga bolganiday inson yashaydigan jamiyat 
xarakteriga ham barobar e’tiborni talab qiladi. E.Eriksonning 
asosiy vazifasi aniq madaniy muhitni inobatga olgan holda shaxs 
rivojlanishining psixologik-tarixiy nazariyasini ishlab chiqishdan 
iborat bo‘ldi.
E.Erikson klinik xarakterdagi tadqiqotlardan tashqari ikkita 
hind qabilasida bolalar tarbiyasini dala etnografik tadqiqotini 
o'tkazdi va ularni AQSHning shaharda yashovchi oilalardagi bola 
tarbiyasi bilan solishtirdi. Eslatib o‘tilganidek, u har bir madani- 
yatda har bir ona yagona to£g‘ri deb idrok etadigan onalikning 
o‘ziga xos uslubi mavjudligini aniqladi.
Biroq E.Erikson ta’kidlaganidek, onalik uslubi bola man- 
sub bo‘lgan ijtimoiy guruh - uning qabilasi, sinf yoki tabaqasi 
kelajakda undan aynan nimani kutishi bilan belgilanadi. E.Erik­
son fikriga ko‘ra, rivojlanishning har bir bosqichi o‘zining, ush­
bu jamiyatga xos bo£lgan, shaxs oqlashi yoki oqlamasligi mumkin 
bo£lgan va shunda u yoxud jamiyatga qo£shiladi, yoxud jamiyat to-
105


monidan inkor etiladigan kutilmalarga javob beradi. E.Erikson­
ning bu mulohazalari uning konsepsiyasini ikkita birmuncha mu­
him tushunchalari asosiga joylashdi — «guruhli o‘xshashlik» va 
«egoo‘xshashlik». Guruhli o‘xshashlik bolani hayotining birinchi 
yilidayoq tarbiyalash uni mazkur ijtimoiy guruhga kiritish, ush­
bu guruhga xos bolgan dunyoqarashni ishlab chiqishga yo‘naltiri- 
lishi sharofati bilan shakllanadi. Egoo‘xshashlik guruhli o‘xshash- 
lik bilan parallel tarzda shakllanadi va subyektda inson o‘sishi va 
rivojlanishi jarayonida sodir boladigan o‘zgarishlarga qaramay 
barqarorlik va o‘z «Meni»ning uzluksizligi tuyg‘usini bunyod etadi.
Egoo‘xshashlikning yoki boshqacha aytganda, shaxs bir bu- 
tunligining shakllanishi insonning butun hayoti davomida davom 
etadi va qator bosqichlarni olaydi, shu bilan birgalikda, Z.Freyd 
bosqichlari E.Erikson tomonidan inkor etilmaydi, balki murak- 
kablashtiriladi va go‘yoki yangi tarixiy vaqt nuqtayi nazaridan 
qaytadan anglaniladi. Freyddan farqli ravishda egopsixologiya- 
da asosiy e’tibor hayotiy muammolarni hal qilishni anglash bi­
lan bogliq bolgan normal soglom shaxsning rivojlanishiga qara- 
tiladi. Eriksonning shaxs rivojlanishi nazariyasi psixoijtimoiy deb 
ataladi, chunki uning markazida shaxsning ijtimoiy muhit bilan 
o‘zaro ta’sirda rivojlanishi yotadi.
Erikson an’anaviy psixoanalitiklar foydalangan muammo- 
li bolalar bilan ishlashda aniq vaziyatni mazmunli tahlil qi­
lish metodidan tashqari soglom bolalarni longityud tadqiq et- 
gan. U shuningdek, etnografik (krosmadaniyat) metodidan ham 
foydalangan: amerikalik indeyslar qabilalarida tarbiyalangan 
bolalar bilan zamonaviy texnologik Amerika jamiyatida tarbi­
ya xususiyatlarini olgangan. Bu unga shaxsning shakllanishida 
turli madaniyatlarning ta’sirini olganish imkonini bergan. Shu­
ningdek, u demokratik jamiyatda shaxs o‘z potensial imkoniyat- 
larini toliq namoyon etadigan sharoit va ijtimoiy rollar qat’iy 
nazoratga olingan sharoitlarda individning identiklik yutuqlarini 
tahlil qilgan. Eriksonning Martin Lyuter yoki Maxatma Gan- 
di kabi mashhur shaxslar hayotini olganishga baglshlagan tad-
106


qiqotlari ham qiziqish uyg‘otadi. Bunda Erikson inson hayotining 
asosiy mavzularini tarixiy voqea va hodisalar bilan bog‘lashga 
harakat qilgan hamda psixotarixiy metoddan foydalangan. Erik­
son inson hayoti jarayonida uch muhim jihat (somatik, shaxsiy va 
ijtimoiy)larning o‘zaro bog‘liqligini va birligini, faqatgina tahlil 
va o‘rganishning qulayligi uchungina ajratilishini ko‘rsatib o‘tgan. 
Inson hamma davrlarda ham organizm, jamiyat a’zosi va Ego 
(Men, shaxs) bolgan.
Erikson tomonidan shakllantirilgan Egoning rivojlanish na­
zariyasi individning butun hayot yolini qamrab oladi, uni ba’zan 
shaxs hayot yoli konsepsiyasi deb atashadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin