Pedagogikasi


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
■ Xalq og‘zaki ijodi janrlariga nimalar kiradi va ularda qanday 
xislatlar talqin etiladi?
■ Ertaklarning o ‘ziga xos xususiyatlariga ta’rif bering.
■ Maqol va matallarni farqi nimada?
■ Q o‘shiqlarning turlari va tarbiyaviy ahamiyati haqida gapiring.
■ Afsona va rivoyatlar ta’rifini misollar bilan tushuntiring.
■ Asotirlarning qanday turlarini bilasiz?
■ Topishmoq va tez aytishlarning tarbiyaviy ahamiyati nimada?
■ «Askiya» va «latifa» so‘zlarining m a’nolarini tushuntiring.
■ Xalq og‘zaki ijodining qaysi janri faqat o ‘zbek xalqigagina xos?
■ Masallarda voqelik nimalar orqali tasvirlanadi?
8 «Doston» va «baxshi» so‘zlariga ta’rif bering.
■ O g‘zaki va yozma dostonlar nomlarini ayting.
■ Dostonlar mazmunan qanday tavsiflanadi? Ulaming har biriga 
misol keltiring.
“ «Alpomish» dostonida qanday masalalar, tarbiyaviy tushunchalar 
va 
inunosabatlar aks etadi?
■ «Alpomish» dostonining axloqiy tarbiyadagi ahamiyati nimada?
Topshiriq. 
Quyidagi matnni diqqat bilan o ‘qib chiqing va o ‘z 
fikringizni bildiring.
49


TIL QUDRATI
Qadim-qadimlarda oqil va odil bir odamning suluv qizi bo‘lgan 
ekan. Shu qizga ikkita farishtaning ishqi tushibdi. Qiz ulardan qaysi 
biriga ko‘ngil berishini bilmay qolibdi. Farishtalar qizning visoliga 
yetishish ilinjida yelib-yuguraverishibdi. Nihoyat, qiz ularga shundav 
debdi: «Men yurt farzandi bo‘la oladigan o ‘g‘ilga ona boiishni 
istayman. Uni qanday tarbiyalashga qodirliklaringni bilishim kerak. Ana 
shunga qarab sizlarga qarorimni aytaman. «Bu ish faqat mening 
qo‘limdan keladi. Men unga ilm o ‘rgataman, riyoziyotdan, l'alakiyotdan 
saboq beraman. Siyosat bilan shug‘ullanadi. Ajnabiy tillarni egallaydi. 
Olamga dong taratadi», - debdi birinchi farishta.
Navbat ikkinchisiga kelganda, u aytibdi: «Avloddan - avlodga me- 
ros qoladigan asosiy boylik - til. Ona tili bor ekan, Vatan bor. Xalqning 
umr o ‘lchovini tili belgilaydi. Dunyodagi bor go‘zallik va sehrii ona 
allasini eshitmoqlik baxti til bag‘rida, maqsadimni anglagandursan? Men 
o ‘g ‘lingni tiliga xiyonat qilmaslikka, qo‘shiq, ertak, dostonlar aytib, ana 
shu ona tilimiz uchun jonini ham ayamaslikka o ‘rgataman.»
Bu gaplardan olim farishta qahqaha urib kulib, raqibini aqli pastlikda 
ayblabdi. 0 ‘rtadagi tortishuv janjalga aylanibdi. «Janjallashmanglar, - 
debdi qiz, - yurtda ulug‘ donishmand bor, o‘shaning huzuriga boramiz. 
Hammasi o ‘sha joyda hal qilinadi. Uning hukmi mening uchun qonun 
bo'ladi». Donishmand yoniga borishibdi. U nizo qo‘zg‘agan barcha gap- 
so‘zlami tinglabdi-yu. «aqli past» farishtaga debdi: «Qiz seni sevadimi- 
yo‘qmi, bilmayman. Lekin otalik sharafiga sen loyiqsan...»

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin