chiqqanidan hayratga tushgan Umarshayx o 'g'lidan «Bunchalik
topqirliging boisi nedur?»,- deb so‘rabdi.
«Ota,-
debdi Bobur,- bu kabutarga e’tibor qilmadingiz. 0 ‘tgan yili
qovun sayli xushxabarini xuddi ana shu jonivor xabar qilg‘on erdi,
kaminaning ko‘zi kabutarning o ‘ng qanotidagi qora xolga tushgan zahoti
ani tanidi va shu so‘zni taxmin etdi,»- deb javob beribdi.
Yosh Mirzoning hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx
a’yonlariga qarab: «Qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq lozimdur.
Xabar qilinglar, barcha qovun sayliga otlansun!» - deb farmoyish
beribdi.
Rivoyatlar
- xalqning tarixiy o ‘tmishi, ajdodlarimiz ko'rsatgan
buyuk qahramonliklar haqidagi badiiy yodnomalardir. Rivoyatlar
afsonalarga qaraganda tarixga yanada yaqin turadi. Shunday qo‘hna
rivoyatlar borki, ularning mavzusi hali-hanuz o ‘z hayotiy ligini,
tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmagan. Quyidagi
«Ustoz o‘giti»'4
rivoyati
mazmunidan yuqoridagi fikrlarning tasdig‘ini ko‘ramiz:
Alisher Navoiy butun umri davomida yaxshilarni qo‘llab-quvvatlab
o'tgan ekanlar. Lekin shoir
yashagan davrda yaxshilar oz-u, yomonlar
ko‘p ekan. SHunda Husavn Boyqaro: «Do‘stim Alisher, yurtda o 'g 'ri,
poraxo‘r, johil odamlar ko'payib ketdi. Buning oldi olinmasa, saltanat
inqirozga yuz tutishi tabiiydir. Shuning biror tadbirini qilmasak
bo'lmaydi», - debdi.
Navoiy kishilarni yomon yo‘ldan qaytarib, yaxshi. yo'lga solish
rejasini tuza boshlabdi, ustozining oldiga borib, voqeani aytib beribdi.
Ustozi: «Buning birdan - bir vo'li odamlarning qabristonda ko'proq
bo'lishlariga erishmoqdir.
Ular qarindosh-urugMarining qabrlarini
ziyorat
qilsalar, bu hoi o ‘zgacha ta’sir qiladi. Mozorga borgan kishi uni
supurib-sidiradi, gullarga suv quyadi, toat-ibodat qiladi. Shunday paytda
u bir kunmas-bir kun shu yerga kelishini o ‘ylaydi, vaqti-soati yetganda
shu joyda yotishini anglaydi. Kevin: «Bu dunyoda yaxshilik qilgan ham,
yomonlik qilgan ham o 'tar ekan, kel men yaxshilikka yuz tutay, deb
o ‘ylaydi va insofga kelib o ‘zgaradi, yaxshilik yoMini tutadi,» - debdi.
Navoiy ustoziga tasannolar aytib, do'sti sulton Husayn Boyqaroga:
«Shunday
bir farmon bitmoq kerakki, hamma shodlik kunlarini ham,
noxush kunlarini ham qabristonda o'tkazsin»,- deb maslahat beribdi.
Husayn Boyqaro shunday deb farmon chiqaribdi. Hamma bayram
kunlarini ham, m a’raka marosimlarini ham qabristonda o ‘tkaza
boshlashibdi. Qabriston bamisoli tarbiya makoniga aylanibdi. Bora-bora
14 Лсотирлар ва ривояглар. - Т., «Ёш гвардия». 1990, 64-бет. (кискартириб олинди)
38
o‘g‘rilar ham, poraxo'rlar ham qabristonga borib, o‘zlarining xatti-
harakatlarini, xulq-atvorlarini o'zgartira boshlabdilar.
Shunday qilib Navoiy bilan ustozining harakatlari tufayli yurtda
o‘g‘ri, johil, badfe’l odamlar kamayib, odamlar o ‘rtasida ahillik,
birodarlik va mehr-oqibat kuchayib borayotganini ko‘rgan Husayn
Boyqaro Navoiy bilan ustoziga tasannolar aytibdi.
A sotirlar (m iflar) - ibtidoiy insonlarning koinot.
tabiat hodisa-
larining mohiyati. paydo bo‘lish sabablarini o ‘zlaricha izohlash
maqsadida yaratgan og'zaki hikoyalar bo'lib, voqealar yaxshilik va
yovuzlik, yorug'lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik o'rtasidagi abadiy
kurashlar misolida ifodalanadi. Asotirlar bir qancha turlarga bo‘linadi:
A ntropogonik m iflar - insonlarning paydo bo'lishi haqidagi
asotirlar.
Etnogonik m il a r - biror urug', qabila, xalqlarning paydo bo'lishi
haqidagi miflar.
Esxatologik m iflar - insonlarning kelajagi haqidagi asotirlar.
Edologik aso tirlar - tabiat hodisalari, tabiatdagi biror predniet yoki
hodisaning paydo bo'lishi haqidagi miflar. Masalan, «Xazorasp» mifida
uchar otlarni tutib, qo‘lga o‘rgatilganligi haqida hikoya qilinadi:
«Qadim - qadimlarda bir mamlakatda uchar otlar bo‘lgan ekan.
Ular
uchib kelib, buloqdan suv ichib bo'lishgach, yana kelgan
tomonlariga qarab uchib ketishar ekan. Odamlar ana shu otlarni tutib
minmoqchi, qo‘shga qo‘shmoqchi bo'lishibdi. Hech qanday yo‘l bilan
ularni ushlolmagach, uchar otlar doim kelib suv ichadigan buloqqa
behush qiladigan dorilardan sepib qo'yishibdi. Otlar uchib kelib,
odatdagiday buloq suvidan sipqorib, to‘yib-to‘yib ichishibdi-da,
hushdan
ketib, birin-ketin qulay boshlabdilar. Butazorlarda poylab turgan
odamlar yugurishib chiqib, otlarni ushlab minib olaveribdilar. Keyin
qanotlarini qirqib, ustiga minibdilar, qo'shga qo‘shibdilar. Shu buloq
atrofi obod,
ko‘rkam
bo'lib ketibdi. Ekinzorlar paydo bo'libdi.
Odamlar bu joyning nomini Xazorasp, ya’ni ming ot qo'ngan, ming ot
tutilgan joy, deb yurita boshlabdilar.
Kosm ogonik m iflar - dunyoning paydo bo'lishi, koinot jismlari
haqidagi miflar. Koinot jismlari o'rtasidagi nisbatni o ‘zining
insoniy
turmush doirasiga kiritib izohlash kosmogonik asotirlarga xos yetakchi
xususiyat hisoblanadi. Uzoq ajdodlarimiz koinot sirlarini tushunma-
ganlar, shu bois Oy va Quyoshni ota-ona, yulduzlami esa ularning
bolalari sifatida izohlaganlar. Ularning kun va tunda doim o ‘rin
39
almashib turishini esa er-xotinning nizolashib qolganliklari tarzida
tushuntirganlar.
Quyidagi asotirda esa Oy va Yulduzning muhabbati talqin qilinishi
orqali «Yulduzning uchishi» izohlanadi: Osmonda turib olam-jahonni
yorituvchi Oy tun malikasi Yulduzni sevib qolibdi. Yulduzning ishqi
ham Oyga tushibdi. Ikkalovi bir yostiqqa bosh qo‘yib,
birga yashaymiz
deb ahdu paymon qilishibdi. Buni Quyosh bilib qolibdi. Oy bilan
Yulduzning bir-birini sevib, ahil oila qurishiga qarshi chiqibdi. Oyga:
«Bu yo ‘lingdan qayt», - debdi. Oy: «Yo‘q, qaytmayman. Ahdim ahd,
Yulduzga uylanaman», - debdi. Quyosh Yulduzga: «Bu niyatingdan
qayt», - debdi. Yulduz: «Yo‘q, bu yo'ldan qaytmayman. V a’dam va’da»,
- debdi. Quyosh: «Hali shunaqami, mana boMmasa», - deb Oy bilan
Yulduzga tashlanibdi. Yulduz qochib qolibdi. Oy qocholmabdi. Quyosh
uning yuzini timdalab olibdi. Yulduzning uchishi shundan emish.
Oyning yuzida dog‘ bo‘lishi shundan em ish...
Dostları ilə paylaş: