Pedagogikasi



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Matallar 
xalq majoziy iboralarining ko‘chma m a’noda ishlatiluvchi 
bir turi. Matal o ‘z m a’nosidan boshqa m a’noga ko‘chirilgan so‘z 
birikmalaridan iborat bo‘ladi, unda o ‘xshatish, kinoya, qochirma so‘z va 
boshqa til vositalari qo‘llaniladi. Bunda m a’joziy iboralarning o ‘z asl 
ma’nosi bilan ko‘chirilgan m a’nosi o ‘rtasida mantiqiy bog‘lanish 
bo‘ladi. Masalan:
«Temirni qizig‘ida bos».
«Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin» va h.
Topishmoqlar 
narsa yoki hodisalarning shakli, hatti-harakati, holati 
va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash, ularning belgisini 
ataylab yashirish asosida topishga asoslangan savol yoki topshiriqlardir. 
0 ‘tmishda topishmoqlar kattalar orasida keng yoyilgan, hozirgi kunga 
kelib, yoshlarga xos janr bo‘lib qoldi. Topishmoqlar qadim-qadimdan 
jonli va jonsiz mavjudot, narsa va hodisalami bir-biriga solishtirish, 
taqqoslash, o ‘xshatish orqali borliqni, undagi mavjud xususiyatlarini 
ko‘proq bilishga, anglashga, fikr yuritishga undaydi. Insonning zehnini 
qayraydi, fikr doirasini kengaytiradi, fikrlash qobiliyatini oshiradi, 
kuzatuvchanlik va topqirlikni shakllantiradi. Buning isboti uchun quyi- 
dagi topishmoqlar yechimini topib, o ‘z zehningizni sinab ko‘rishingiz 
mumkin:
33


1) Kechasi xizmatda, kunduzi izzatda.
2) Devorda bor so‘zanam,
Unda yashar keng olam.
3)Qozon ichi oppoq qor.
4) Yeri oq, urug‘i qora.
5) 0 ‘zi ming xil, so‘zi bir xil.
6) K o‘k otim ko‘kka qarab yo‘rg‘alar.
7) Q o‘l bilan sochar, og'iz bilan o ‘rar.
8) Gulsiz meva qiladi,
Ko‘p esang til shiladi;
9) G ’ip-g"i 1 dirak oy kulcha,
Bu nima, kim biladi?
Daraxt emas u o'zi,
Majnuntoldek bosh egar;
10) Osti yam-yashil marmar,
Soyasiz salqin berar.
11) Sochi o‘sgan, beli bog‘langan,
Ifloslikka qarshi chog‘langan.
12) Teg desam tegmaydi,
Tegma desam tegadi.
13) Zar gilam, zargar gilam,
Ko‘taray desam og‘ir gilam.
14) Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar,
Doston o ‘qir, g‘alvir to‘qir.
15) Asaldan shirin, zahardan achchiq.
Q o‘shiq - xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va ommaviy 
shakllaridan biri bo‘lib, kuyga solib aytiladigan kichik lirik she’rdir. 
Q o‘shiqlar ham boshqa xalq og‘zaki ijodi janrlari kabi shu xalqning 
mehnati, kurashi, m a’naviy ehtiyojlari natijasida vujudga keladi. Ular 
g‘oyaviy-mazmuniy va janr xususiyatlariga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. 
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘otit-turk» asaridan qo‘shiqiarning 
eng qadimiy turlari m a’lum. Jumladan, ov qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiq- 
lari, mavsum, marosim qo‘shiqlari, marsiya, madhiya va b. Q o‘shiqlar 
yoshlarda go‘zallik tuvg‘ularini shakllantiradi, dillarga orom bag‘ish- 
laydi, shuningdek, yoshlarni vatanga sadoqat, xalqqa muhabbat ruhida 
tarbiyalaydi. Bolalar dastlab ona allasini eshitadi, asta-sekin ovunchoq 
qo‘shiqlar, o‘yin qo‘shiqlari bilan tanishib boradilar. Masalan, «Boy- 
chechak», «Oq terakmi, ko‘k terak», «Hayu chitti gul» kabi qo‘shiqlar 
bolalarga zavq-shavq bag‘ishlaydi.
34


Qo‘shiqlarning quyidagi turlari mavjud:

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin