1. Lirik qo‘shiq!ar. Bunday qo‘shiqlarda insonlarning ruhiy olami,
turli kechinmalari aks etadi, ular kasb, vaqt, joy tanlamaydi.
2. Mehnat qo‘shiqlari: mehnat turi jarayonida ijro etiladi. Uning
quyidagi turlari mavjud:
A) dehqonchilik bilan bog‘liq mehnat q o ‘sltiqlari; B) chorvachilik bilan bog‘liq mehnat q o ‘shiqlari; V) hunarmandchilik bilan bog‘liq mehnat q o ‘shiqlari. Mehnat qo‘shiqlari mehnat qiluvchilarga ruhiy ko‘tarinkilik
bag‘ishlab, ularga kuch-g‘ayrat, bardamlik ato etgan. Misollar:
Charx yigirib. charx yigirib,
Chorbog‘ olgan man o ‘zim.
Soyalarda o'zlashtirib,
Kashta tikkan man o ‘zim.
O g‘am to‘ni, qo‘zim to‘ni,
Tiklab-tiklab tikay uni.
Yorim to‘ni, jonim to ‘ni,
Jonim bilan tikay uni.
Men og‘amga to‘n bichay
Juma, chorshanba kuni.
Uni og‘am kiysinlar,
Ro‘zayu navro‘z kuni.
0 ‘rmagimni to‘qiyman,
Kecha-kunduz no‘qiyman.
Qachon tamom bo‘ladi,
Deb ashula to‘qiyman.
3.Mavsumiy-marosim qo‘shiqlari - yil fasllari, turli marosimlar
tasvirlangan qo‘shiqlar bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
A) «Sust xotin» (yomg‘ir chaqirish q o ‘sh ig‘i). Sust xotin
zardushtiylarda yom g‘ir tangrisi (osmon suvlari xudosi) hisoblangan.
Bahor oylarida yomgMr yetarlicha yog'masa, «Sust xotin» qo‘shig‘ini
aytib, xonadonlarga kirib yurishgan. Yig‘ilgan xayr-sadaqaga Sust
xotinga atab is chiqarishgan. Quyidagi misralarda yom g‘ir hadya etish
uchun Sust xotinga iltijo qilinmoqda:
35
Hosillar m o‘l boMsin. sust xotin,
Dehqonning uyi to‘lsin, sust xotin,
Yom g‘irlami yog‘dirsin, sust xotin,
Yomonning uyi kuysin, sust xotin,
Osmondan tomchi tashlab, sust xotin,
Elu yurtni to‘ydirsin, sust xotin.