12
Kesh xotira
– kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va
mikroprosessor orasiga joylashgan bo’lib, bajariladigan amallar tezdir.
Shuning uchun
kompyuter xotirasining ko’proq ishlatiladigan qismi nushasini KESH xotipada saqlab turadi.
Pentium 2,3 kompyuterlarda KESH xotira 512 Kb ni tashkil qiladi.
Doimiy xotira
- BIOS – Basic Inrut Outrut System – kiritish-chiqarishning asosiy sistemasi.
Ulardagi ma’lumotlar mikrosxema tayyorlanayotganda kiritib qo’yiladi. Bunday xotipadan faqat
o’qish mumkin . Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory - faqat o’qish uchun ) deb
ataladi. Bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, OS ni boshlang’ich yuklanishini
ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning asosiy funksiyalarini
bajarish uchun xizmat
qiladi. BIOS da, shuningdek kompyuter konfigurasiyasini saqlovchi Setup programmasi ham
joylashgan bo’ladi. Bu programma masalan, videokontroller, qattiq
disk va disket diskovodi,
undan tashqari parollar o’rnatish va boshqa xizmatlar qiladi. DEL tugmasi orqali chaqiriladi.
CMOS (yarim doimiy xotira) - (complementary metal – oxida semi conictor ) konfigurasiya
parametrlarini saqlovchi yarim doimiy xotira. Maxsus akkumulyatorlar yordamida kichik
quvvatda ishlaydi. Shuning uchun undagi ma’lumot o’chib ketmaydi.
SETUP programmasi har
gal kompyuter konfigurasiyasini so’zlaganda, lozim bo’lsa, CMOS xarakteristikalariga
o’zgartirish kiritadi.
Dostları ilə paylaş: