sistema platasidir
. Bu plata
tekis plastinka va unga
joylashgan mikrosxemalar, kondensator, raz’emlar va boshqalardan iborat, ular o’zaro
o’tkazgichlar bilan bog’langan bo’ladi.
Ona platada mikroprosessor, xotiralar,
shinalar,
kontrolerlar mavjud bo’ladi.
Kontrollerlar
- kompyuterning
turli vositalari , qurilmalarini boshqaruvchi elektron
sxemalardir. Barcha kompyuterlarda klaviatura, monitor, qattiq va egiluvchan disk qurilmalari
va hokazo kontrollerlar mavjud. Hozirgi zamon kompyuterlarining
barchasida kontrollerlar
ona plataga joylashgan bo’ladi. Bularni integrallashgan kontrollerlar deb ataladi.
Amalda har bir kontroller o’zi uchun alohida yasalgan platada joylashadi. Bu platalar
sistemali plataning maxsus raz’yomlariga ulanadi. Natijada iste’molchi o’z kompyuteriga
qo’shimcha qurilmalar qo’yishi mumkin. (Masalan,
faks-modem, tovush kartasi yoki
teleko’rsatuv ulash mumkin).
Shinalar
– operativ xotira va kontroller orasida o’zaro ma’lumot uzatish uchun xizmat
qiladi. Shuning uchun kontroller platasi ona plata raz’emiga kiritilganda shinaga ulanadi.
Zamonaviy kompyuterlarda 2 turdagi shinalar mavjud.
ISA – turdagi shinalar, tezligi sustroq bo’lgan kontrollerlar uchun (klaviatura, sichqon,
disket qurilmalari, modem tovush kartasi va boshqalar).
RCI - turdagi shina tezligi yuqori bo’lgan qurilmalar orqali ma’lumot uzatishga xizmat
qiladi (vinchestor, videokontroller va boshqalar).
Kiritish-chiqarish portlari kontrollerlari kompyuterning orqa panelidagi raz’yomiga
kabellar orqali ulanadi. Kiritish – chiqarish portlari quyidagi turlarga bo’linadi:
-
parallel ( ZE1 – ZE4), 25
uyali printer ulanadi;
-
ketma-ket ( SOM1 – SOM3 belgili) 9 va 25 bigizli sichqon, modem va boshqalar ulanadi;
-
o’yin porti , 1.5 uyali raz’yomiga djoystik ulanadi.
2).
Kompyuterning energiya bloki
kompyuterning asosiy korpusidagi qurilma va
vositalarni yetarlicha energiya bilan ta’minlovchi moslama. Uning asosiy vazifasi vositalarni
energiya bilan ta’minlash, havo almashtirish va prosessor ichini sovutishdir.