13
tiklab beradi. Yordamchi diskni tayyorlash uchun 2-3 daqiqa sarf etiladi har safar DOS
konfiguratsiyasi o`zgartirilganda yordamchi diskni yangilab turish tavsiya etiladi.
Kompyuterni ishlatish jarayonida diskka juda ko`p keraksiz va
bak
kengaytmali fayllar hosil
bo`ladi. Xotirani kengaytirish tozalash maqsadida
qattiq disklarni keraksiz fayllardan
tozalash
uchun Wipeinfo dasturidan foydalanish mumkin.
Kompyuterdan qancha ko`p foydalanilsa, qattiq diskni fayllarga to`lib qolish ehtimoli shuncha
ortadi. Albatta, har qanday axborotni u ishlatib bo`lingach, xotiradan o`chirish kerak bo`ladi.
Lekin shunda ham ba’zi bir “keraksiz” fayllar soni ko`payib ketadi. Bunday hollarda (ba’zan,
axborot hajmi anchagina katta bo`lganda), axborotlarni “siquvchi” maxsus arxivlash dasturlari
qo`llaniladi. Arxivlash dasturlari maxsus uslublarni qo`llash hisobiga axborotlarni “siqish”
imkonini beradi, ya’ni axborotning nasbatan kichik hajmdagi nusxasini yaratish hamda bir
nechta fayllarni bitta faylga birlashtirish imkonini beradi. Bunday dasturlar bilan keyingi bobda
tanishasiz.
Qattiq diskdagi manzillar joylashishi yagona tizim (ko`rinish)ga ega bo`ladi. Bu holat barcha
ko`rinishdagi disklarga taalluqli. Diskni doimiy ish jarayonida – fayllarni yozish, o`chirish,
qayta yozishda juda ko`p bosh joylar hosil bo`ladi va ko`pgina fayllar bo`lak-bo`lak bo`lib
ajralib qoladi.Shunga o`xshash fayllar joylashishini optimallashtiruvchi dastur, masalan,
SpeeDisk yoki ScanDisk dasturlaridan foydalanish mumkin. Bu dasturlar barcha fayllarni disk
(manzil) boshlanishiga ko`chiradi va fayllarning bo`laklarga ajralishini to`g`rilaydi. Bunday
dasturlarning bajarilishi bir necha minutni tashkil etadi. Shu bois, vaqti-vaqti
bilan kompyuterning barcha mantiqiy disklarini optimallashtirish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: