SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 406
HOZIRGI KUNDA JAHON IQTISODIYOTIDA GLOBAL MUAMMOLAR
Muxsinjon Jamoliddinovich Sobirov
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Jahon iqtisodiyoti duch kelayotgan asosiy muammolar biri
tabiiy resurslarning tugab borayotgani va aholi sonini ko'payib ketayotgani haqida
ma'lumotlar berilgan . Shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun amalga
oshirilishi lozim bo'lgan bir qancha amaliy ishlar taklif qilingan.
Kalit so'zlar:
demografiy , energetika, resurs, nazoratsiz o'sish, degradatsiya.
Bugungi kunga kelib ilm - fan va texnika taraqqiyoti o'zining eng yuksak
darajasiga erishdi . Shunga qaramay , insoniyat bir qancha global muammolarga duch
kelmoqda . Jahonda aholi sonining tez sur'atlarda ko'payib , qayta tiklanmaydigan
resurslarning esa kamayib borayotgani , oziq - ovqat tanqisligi va natijada yuzaga
kelayotgan qashshoqlik shular jumlasidandir.
Demografik muammolar . Insoniyat paydo bo'lganidan beri dunyo aholisi soni
muntazam o'sib borgan . Bunday o'sish natijasida yuzaga keladigan muammolar
qadimdan ko'pchilik olimlarni havotirga solgan , demograflar , sotsiologlar ,
iqtisodchilar va geograflar shular jumlasidan . Ayniqsa hozirgi kunda , aholi sonining
nazoratsiz o'sishi va uning oqibatlari global muammoga aylandi . Dunyo aholisi ( 2020 )
yiliga 1,05 % atrofida o'smoqda , bu taxminan 81 million kishi degani . Bu ko'rsatkich
1980 - yillarning oxirida eng yuqori cho'qqisiga chiqqan va har yili qo'shimcha 90
million kishini tashkil etgan . Bundan buyon , BMT aholining yillik o'sishi har yili 1
millionga kamayishini kutmoqda . Lekin , umumiy olganda kelasi 30 yillikda o'sish
yuqori darajada saqlanib qoladi . Hozirda , Yer yuzida 7,9 milliarddan ortiq odam
yashaydi . Bu ko'rsatkich 1960 - yillarda 3 milliardni , 1990 - yillarda 5 milliardni va
2010 - yillarda 6 milliardni tashkil qilgan . Birlashgan Millatlar Tashkiloti
ma'lumotlariga ko'ra , 2100 - yilga kelib aholi soni 10.8 milliardga yetishi kutilmoqda .
Bunday o'sishga tibbiy bilimlarning yaxshilangani natijasida turli kasalliklarga davo
topilganligi va o'rtacha umr ko'rish yoshi ortganligi , qishloq xo'jaligidagi taraqqiyot
natijasida insoniyatni oziq-ovqat bilan ta'minlash osonlashgani aholida oilani
rejalashtirish bo'yicha ta'limni yetishmasligi sabab bo'lmoqda.
Biroq olimlarning ko'pgina fikricha, Yer sayyorasi ko'pi bilan 9 milliardan 10
milliardgacha odamlarni tashiy oladi. Chunki, Yer ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan
oziq-ovqat este'molga yaroqli suv va yashsh uchun joy miqdori chegaralangan.
Demografik bosim oziq - ovqat va ekologik vaziyatni murakkablashtiradi.
Muammolarning jiddiyligi faqatgina cheklangan resurslarda emas , balki ulardan
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Dostları ilə paylaş: |