1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
13
Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli
munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o‘zi tayanadigan
omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy
yo‘nalishlari belgilanadi.
Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy
mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali
boshqarish
vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy
dunyoqarashning o‘zicha nisbatan mustaqil bo‘lgan har bir yo‘nalishi o‘ziga xos boshqarish
usuliga ega bo‘ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo‘naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga;
din — iymon-e’tiqodiga; huquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga
tayanadi va o‘ziga xos ta’sir yo‘nalishlariga ega bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini
nazorat qilish
vazifasi ham bor. Bunda
dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko‘rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o‘zbek xalqining
tarixiy rivojlanishi va ma’naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida
faoliyat ko‘rsatgan.
Falsafiy dunyoqarashning
birlashtirish
(kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash
yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy G‘oyalar atrofida uyg’unlashtirishi bilan xarakterlanadi.
Turli manfaatlar bilan bog’liq bo‘lgani bois dunyoqarashlar o‘rtasida muayyan ziddiyatlar ro‘y
berishi tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi.
Falsafiy dunyoqarash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat
istiqbolini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham xalqni muayyan g‘oya atrofida
birlashtiradi.Falsafiy dunyoqarashning
tarbiyaviy
vazifasi— kishilarda keng va teran fikrlash
qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag‘rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo‘l
bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: