“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Dinning asosiy ildizlari. 
Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u insonning 
g‘ayritabiiy narsalar va hodisalarga bo‘lgan e’tiqodini to‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir. 
Dinning psixologik ildizi, 
avvalo, inson tabiatida mavjud bo‘lib, u inson intellektining rivojlanish 
darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat’i nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e’tiqod 
qilish istagi va hattoki ehtiyojining hamisha namoyon bo‘lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari 
oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o‘z rang-barangligida insonga 
cheksiz murakkab bo‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi.
Dinning ijtimoiy ildizlari 
jamiyatda doimo mavjud bo‘lgan tengsizlik, qashshoqlik va 
adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o‘zgartira yoki enga olmaganligi bilan bog‘liq. 
Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuyg‘usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga 
keltiradi, so‘nggi zikr etilgan tuyg‘ular osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga bo‘lgan 
ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o‘rgatadi. 
Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o‘ziga tayanch topa olmagan inson 
g‘ayritabiiy kuchlarga umid bog‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod qilib, odamzod 
taskin, tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.
Dinning siyosiy ildizlari 
turli siyosiy kuchlarning dindan o‘z mayda-chuyda manfaatlarida 
foydalanish imkoniyati va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlashi orqali, uning 
jamiyatdagi roli va ta’sirini kuchaytirishida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda din va siyosat o‘rtasida 
ham uzviy va doimiy aloqa mavjud.
Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari. 
Insoniyat tarixiga ko‘p sonly turli-tuman dinlar ma’lum. 
Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bo‘lgan inson o‘ziga qudratli, yot va sirli bo‘lib 
tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik ko‘rsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida 
dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan.
Fetishizm 
– u yoki bu predmetni mo‘jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta’sir ko‘rsatish 
qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, sig‘inish va topinish ob’ektiga 
aylanadi.
Animizm 
(lot. «anima» – «jon») – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq 
hodisalarini ham ruh, jon boshqarib turishiga ishonishdir.Animizm nuqtai nazaridan butun dunyo 
ruhli va jonli.
Totemizm 
negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya’ni sig‘inish ob’ekti sanalgan ajdod 
deb e’lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o‘simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bo‘lgan 
ishonch tashkil etadi. Zero, totem mazkur jamoa yoki urug‘ning qudratli homiysi, himoyachisi 
hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan ta’minlaydi (Hindistonda Xonumon maymuni, 
sigir,Avstraliyada kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet).
Magiya 
(yunon. «mageia» – «sehrgarlik») ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning 
zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan 
narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin