“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 

so‘zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o‘rniga 
nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo‘lgan, bu atamaning mohiyatmazmuni ham 
o‘zgarib borgan. Qadimgi yunonlarda bu so‘z “tushunishga intilish”, “bilimga intilish” degan 
ma’nolarni ham anglatgan. Ushbu so‘z Fukidid, Suqrot va boshqa antik madaniyat vakillari 
tomonidan xuddi shunday ma’noda qo‘llangan.
«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda 
eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. 
o‘sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni 
yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi.
Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga 
yaxshi ma’lum bo‘lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Evropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon 
faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Filosof so‘zini, yuqorida aytganimizdek ilk bor 
buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo‘llagan. Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya 
o‘yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar 
bellashish, kuch sinashish, ya’ni o‘zi va o‘zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh – savdo-
sotiq qilish, boyligini ko‘paytirish uchun, uchinchisi esa, o‘yindan ma’naviy oziq olish, haqiqatni 
bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor 
talqiniga ko‘ra, faylasuflar edi.
Bu, bir qarashda, oddiy va jo‘n misolga o‘xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran. 
Chunki, inson umrining o‘zi ham shunday. «Dunyo teatrga o‘xshaydi, unga kelgan har bir kishi 
sahnaga chiqadi va o‘z rolini o‘ynab dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu 
dunyoga uning sir-asrorlari to‘g‘risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini eyish-ichish, 
uy-ro‘zg’or tashvishlari bilan o‘tkazadi. Boshqasi – nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju 
qo‘yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatlarini o‘rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, 
boshqalar uchun ibrat bo‘larli hayot kechiradi.
Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega 
bo‘lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb 
ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda 
falsafani o‘rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‘zda tutilgan. Grek mutafakkiri 
Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‘stim, 
sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan», deganda aynan ana shu 
haqiqatni nazarda tutgan.
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu 
haqiqatni quydagicha ifoda etgan: «o‘z-o‘zingni erga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa 
narsa emas, o‘zligingdan yuqori turish esa – faylasuflikdir».
Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta’kidlab, shunday yozgan: «Ular, 
avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga o‘zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon 
haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan 
chidaydilar».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy 
va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z 
hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq 
chiqarish, bashariyat tomonidan to‘plangan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish orqali faylasuf 
darajasiga ko‘tarilganlar.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin