“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Diniy dunyoqarash 
dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir («din» so‘zi arabchadan 
tarjimada «e’tiqod», «ishonch», «ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi). Mif kabi, din zamirida 
ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi 
shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40–60 ming yil muqaddam paydo 
bo‘lgan bo‘lsada, umuman olganda, u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, 
jumladan, mif ta’sirida insonning mavhum fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda 
vujudga kelgan. Diniy dunyoqarashning muhim jihatlarini diniy tuyg‘u, diniy aqidalarga ishonish, 
sig‘inish, diniy e’tiqod va shu kabilar tashkil qiladi.
Din murakkab ma’naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib,unda e’tiqod muqarrar tarzda 
birinchi o‘ringa qo‘yiladi va hamisha bilimdan
 
ustun turadi.
Dinning asosiy funksiyalari. 
Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din 
funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin:

 
dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi 
butun borliq qachon va nima uchun paydo 
bo‘lgan va bunda g‘ayritabiiy kuchning roli qanday namoyon bo‘lgan,degan savollarga javob 


1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 

beradi; 
• kommunikativ funksiyasi 
muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan tipini 
ta’minlaydi, jamiyatning jipslashuvi va yaxlitligiga ko‘maklashadi; 

 
tartibga solish funksiyasi 
odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli me’yorlar va 
qoidalarni belgilaydi
;
 

 
kompensatorlik funksiyasi 
etishmayotgan axborot, diqqat-e’tibor, g‘amxo‘rlik o‘rnini 
to‘ldiradi, hayot ma’nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini sezdirmaydi, ya’ni insonning 
kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin