“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Falsafaning predmeti.
Falsafa fani xuddi ijtimoiy, tabiiy fanlar singari mustaqil fandir. U o‘zining 
mustaqil ob’ekti va predmetiga ega. Falsafaning predmetini “olam-odam-inson” tizimi tashkil 
etadi.Falsafa predmeti uning rivojlanish davri mobaynida uzluksiz o‘zgarib turgan. Falsafa 
muammolari uning predmeti bilan belgilanadi. Ma’lumki, falsafa predmeti tarixiy rivojlanish 
jarayoni mobaynida sezilarli darajada o‘zgargan. Falsafiy fanlarning har biri: ontologiya, 
gnoseologiya, etika, estetika, mantiq, siyosatshunoslik, falsafa tarixi ham o‘z alohida predmetiga 
ega. Shu tufayli ham falsafa predmetini faqat o‘ta abstrakt tushunchalar yordamida belgilash 
mumkin. Suu ma’noda «dunyo – inson» munosabatlari tizimidagi umumiylik falsafaning predmeti 
hisoblanadi, degan fikr mazkur talablarga javob beradi.
Endi «Falsafa nimani o‘rganadi?» degan savolni berishimiz mumkin. In sonda bilishga qiziqish 
uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‘ziga ma’lum 
bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod,ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan 
javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliq 
falsafaning predmeti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi ob’ekti haqida 
muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma 
narsa falsafaning predmetidir.
Masalan, Qadimgi Yunonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy ta’limotlarning o‘ziga xos xususiyati 
bo‘lib, bunda asosiy e’tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. Keyinchalik, qadimgi 
yunon shahar – polislari ravnaq topgan davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy muammolar, 
axloq, davlat qurilishi masalalari o‘rin oldi. Evropada xristianlikning, SHarqda islom dinining 
vujudga kelishi va mustahkamlanishi natijasida o‘rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. «theos» – 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin