392
b)
firkning yaqqol iqodalanishi;
v) fikrning tilda gavdalanishi;
g) til va tafakkurning bir - biriga to‘la mos kelishi;
3. Fikr qachon to‘g‘ri qurilgan deb hisoblanadi?
a)
aniq ma’nasiga ega bo‘lsa;
b)
izchil bo‘lsa;
v) etarli asosga ega bo‘lsa;
g) b, v, g hollari mavjud bo‘lsa
4. Tafakkur qonuni nima?
a)
fikr yuritish qoidalari yig‘indisi;
b)
fikr yuritish usuli;
v) fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki zaruriy aloqadorlik*
g) fikrlash shakli;
5. Sinonim va omonimlardan noto‘g‘ri
foydalanish, masalan, “Vatan”, “o‘lka” so‘zlari ifoda
qiluvchi tushunchalarning mazmunini barcha hollarda bir - biriga tenglashtirish yoki “xukm” so‘zi
ifoda qiluvchi tushunchalarning (xukm - sud chiqargan qaror, hukm - tafakkur shakl) mazmunini
farq qilmaslik muhokama yuritishda fikrning aniq ifoda qilinmasligiga olib keladi.
Bunday
hollarda tafakkurning qaysi qonuni talablari buzilgan bo‘ladi? a) ayniyat qonunining talabi
buzilgan*
b) ziddiyat qonunining talabi buzilgan;
v) uchinchi mustasno qonunining talabi buzilgan;
g) etarli asos qonunining talabi buzilgan;
6. Amaliy mashg‘ulotlarda talaba o‘qituvchidan, - “Qilmagan ish uchun jazolab bo‘ladimi?”, - deb
so‘radi. O‘qituvchi, - “Yo‘q, jazolab bo‘lmaydi”, deb javob beradi. Talaba, - “Unday bo‘lsa meni
jazolamang, uyga vazifani qilmadim”, - deydi. YUritilgan muhokamada tafakkurning qaysi qonun
talablari buziladi? a) ayniyat qonunining*
b) ziddiyat qonunining;
v) uchinchi mustasno qonunining;
g) etarli asos qonunining;
7. “Mazmunsiz fikr” tushunchasida ziddiyat qonuni talabiga rioya qilinganmi? a)
rioya qilingan;
b) rioya qilinmagan*
v) ba’zida rioya qilinishi mumkin;
g) ba’zida rioya qilinmaydi;
8. Afandi xotiniga “Qatiq keltir! Yozning issig‘ida oshqozon uchun
qattiqdan foydaliroq narsa
yo‘q!”, - dedi. Xotini - “Uyda qattiq yo‘q edi”, - deb javob beradi. Shunda Afandi, - “Bo‘lmagani
ham yaxshi; aslida u zararli”, - debdi. Afandining xotini shunda, - “Qiziq odam ekansiz, qattiq
dam foydali, dam foydasiz deysiz. Qaysi biriga ishonsa bo‘ladi?” - deb so‘radi. Afandi, - “Agar
uyda qattiq bo‘lsa birinchisi, bo‘lmasa ikkinchasi to‘g‘ri”, - deb javob beribdi.
Mazkur latifada tafakkurning qaysi qonuni talabi buzilgan? a)
ayniyat qonunining talabi;
b) ziddiyat qonunining talabi*
v) uchinchi mustasno qonunining talabi;
g) etarli asos qonunining talabi;
393
9. Afndining chap yon qo‘shnisi Afandining o‘ng yon qo‘shnisi bilan bo‘lib o‘tgan munozarani
gapirib berib, Afandidan kim haq ekanligini so‘rabdi. Afandi shunda, - “Albatta siz haqsiz”, - deb
javob beribdi. Birpasdan keyin o‘ng yon qo‘shnisi kelib u ham chap yon qo‘shnisi bilan bo‘lib
o‘tgan baxsining tafsilotini gapirib berib kim haqligini so‘rabdi. SHunda Afandi unga ham -
“Albatta siz haqsiz” - deb javob beribdi. Bu hangomani kuzatib turgan xotini, “Juda qiziq odatingiz
borda, axir u qo‘shniga ham, bu qo‘shniga ham “Siz haqsiz” deb
javob berdingiz, tutirig‘ingiz
qolmabdi-ku, umuman”, - debdi. SHunda Afandi xotiniga qarab, - “Xotin, sen ham haqsan”, -
degan ekan.
Bu erda Afandi mantiqning qaysi qonuni talabiga amal qilmadi? a)
ayniyat qonunining talablari;
b) ziddiyat qonunining talablari;
v) uchinchi mustasno qonunining talablari*
g) etarli asos qonunining talablari;
10. “Yoki - yoki” formulasi tafakkurning qaysi qonunini ifodalaydi?
a)
ayniyat qonunini;
b)
ziddiyat qonunini;
v) uchinchi mustasno qonunini*
g) etarli asos qonunini;
11. “Kurs ishida mavzuning asosiy mazmuni ochilmagan, lekin to‘plangan materiallarni hisobga
olgan holda uni yaxshi bahoga loyiq deb hisoblash mumkin”. Bu mulohazada etarli asos qonuni
talablarga rioya qilinganmi? a) qisman rioya qilingan;
b) rioya qilinmagan;
v) rioya qilingan*
g) a, b, v hollarda;
12. “Talaba qizarib ketdi, demak u ayibdor”. Bu muhokamada etarli asos qonunining talabi
buzilganmi? a) buzilgan*
b) buzilmagan;
v) noma’lum;
g) qisman buzilgan;
13. Savol “Mutaxassisligingiz kim?”. Javob “O‘rindoshlik asosida ishlayapman”.
Savolga
berilagan javobda ayniyat qonuni talabiga rioya qilinganmi? a) rioya qilingan;
b) qisman rioya qilingan;
v) rioya qilinmagan*
g) noma’lum
14. Sofistlarni mantiq qonunining talabini buzishda ayblab, Arastu quyidagilarni yozgan edi: “Kim
barcha fikrlarni chin deb bilsa, bu bilan u o‘zining chin fikriga qarama - qarshi bo‘lgan fikrni ham
chin deb hisoblagan bo‘ladi”. Bu erda Arastu tafakkurning qaysi qonuni talabining buzilganini
nazarda tutgan?
a)
ayniyat qonunining talabi buzilganligini;
b)
ziddiyat qonunining talabi buzilganligini*
v) uchinchi mustasno qonunining talabi buzilganligini;
g) etarli asos qonunining talabi buzilganligini;
394
15. Tilsiz fikr yuritib bo‘ladimi?
a)
bo‘ladi;
b)
bo‘lmaydi*
v) ba’zi hollarda bo‘ladi;
g) b va v hollarda;
16. Tushunchalarda nimalar aks ettirilgan?
a)
faqat predmetning umumiy belgilari;
b)
faqat predmetning individual belgilari;
v) predmetning umumiy va muhim belgilari*
g) predmetning barcha belgilari;
17. Tushunchada predmet qanday hollarda aks ettiriladi?
a)
predmetning yaqqol obrazli shaklida;
b)
abstraktlashgan holda*
v) tasavvur shaklida;
g) sezgi yoki idrok qilish shaklida;
18. Tushuncha miyada bevosita hosil bo‘lishi mumkinmi?
a) mumkin;
b)ba’zida mumkin*
v) mumkin emas;
g) ba’zida mumkin emas
19. Tushunchaning mazmunini nimalar tashkil etadi?
a)
predmetning muhim va umumiy belgilari haqidagi axborotlar*
b)
predmetning muhim va nomuhim belgilari haqidagi axborotlar;
v) predmetning mavjud belgilari haqidagi axborotlar;
g) faqat predmetning bevosita namoyon bo‘lgan belgilari haqidagi axborotlar.
20. Tushunchaning hajmida nima ifoda qilinadi?
a)
predmetning egallab turgan joyi
b)
tushunchada aks ettirilgan predmetlar yig‘indisi*
v) miqdor jihatdan aniq bo‘lgan predmetlar;
g) tushuncha aks ettirilgan predmetlar mohiyati.
Dostları ilə paylaş: