Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

5
 
 
4 B 
BIRINCHI MUALLIM 
Bu voqea 1924 – yili ro‘y berga edi. Ha, xuddi o‘sha yili. 
U vaqtlarda on to‘rt yoshli yetim qiz bola edim, amakimning qo‘lida 
turardim.
O‘sha yili kuzda chorvadorlar tog‘ga qishloqqa ko‘chib ketgandan keyin 
ovulimizda askar shineli kiygan bir yigit paydo bo‘ldi. 
Oldin uni, o‘zi komandir ekan, ovulda katta bo‘lib kelibdi deyishdi
keyin bilishsa, komandir qayoqda deysiz, ocharchilik vaqtida ovuldan temir 
yo‘lga ketib dom-daraksiz ketgan Tashtanbekning o‘g‘li Dusheyn degan yigit 
ekan, uni ovulga o‘q`ituvchi qilib yuborishgan ekanmish, maktab ochib, bola 
o‘qitar ekan, deyishdi.
“Maktab”, “o‘qish” degan so‘zlar u zamonda endi eshitilayotgan gaplar 
edi, ularning ma’nosini tushinadiganlar ham juda kam edi. 
Duyshen bizni bilganicha, qo‘lidan kelganicha o‘qitardi, ko‘ngliga nima 
kelgan bo‘lsa, shuni o‘rgatardi. Uning sof ko‘nglidan chiqqan g‘ayrat-
tashabbus behuda ketmadi, o‘z samaralarini berdi, bunga imonim komil. U 
qahramonlik ko‘rsatardi-yu, lekin bu qahramonligidan o‘zi ham bexabar edi. 
Ha, bu chin qahramonlik edi, o‘sha kezlarda qishloqdan boshqa yerni 
ko‘rmagan sodda bolalar ko‘z oldida, agar yoriq-teshiklaridan qorli tog‘ 
cho‘qqilari ko‘rinib turadigan shu kulbani maktab deb atash mumkin bo‘lsa, 
shu maktabda to‘satdan quloq eshitmagan, misli ko‘rilmagan yangi dunyo 
namoyon bo‘ldi. 
Duyshenning shogirdlari ichida eng kattasi men edim. Shuning uchun 
ham boshqalardan uquvim yaxshroq edi, lekin nazarimda, boshqa sabablari 
ham yo‘q emas edi. Muallimning har bir so‘zi, ko‘rsatgan har bir harfi men 
uchun tabarruk, muallimga ixlosim zo‘r edi. 
Duyshen bergan daftarini ayab-avaylab, uni yer-ko‘kka ishonmay, 
yurgan yerimda o‘roq uchi bilan yer chizib, ko‘mir bilan devorga, xivich 


176
bilan qor ustiga harf suratini solib, so‘z to‘qib yurardim. Nazarimda, 
dunyoda Dyushendan o‘tar olim, undan o‘tar aqlli odam yo‘q edi. 
Birinchi qor tushguncha tepaning etagida shaldirab oqib turgan ariqdan 
qo‘l ushlashib o‘tib yurdik. Keyin ariqning suvi oyoqni kesib yuboradigan 
bo‘lib, kichkina bolalarning ko‘zidan yosh ham chiqib ketdi. Endi bolalar 
turnaday tizilib turishardi. Dusheyn ularni galma-galdan bittasini yelkasiga 
olib, ikkinchisini qo‘lida ko‘tarib ariqdan o‘tkazib qo‘yardi. 
Odamlar o‘sha paytda johilligidanmi yoki aqli kaltalik qilibmi, 
Duyshendan kulishar edi.

Manavi, bittasini qo‘liga, bittasini orqalab olgan jo‘jabirday kim o‘zi?
– deb qamchisi bilan turtib o‘tmay qo‘ymas edi bittasi. 
O‘shanda xo‘rligim kelib yig‘laguday bo‘lardim, g‘azabim qaynab, 
kuchum yetsa otning tizginini ushlab: “Muallimimizning sadag‘asi ketgur, 
uyatsiz, ahmoqlar!” – deb yuzlariga tik boqib qichqirgim kelardi. 
Biroq norasida qizning gapiga kim ham quloq solardi. Achchiq-achchiq 
ko‘z yoshlarimni ichimga yutib qolaverardim. Duyshen bo‘lsa hech nima 
ko‘rmagan, hech nima eshitmaganday, bu sassiq gaplarga parvo ham 
qilmasdi. Qaytaga, biron qiziq gap o‘ylab topib, bizlarni alahsitish payida 
bo‘lardi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin