82-modda. Jarima Oldingi tahrirga qarang. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma
baravarigacha miqdorda tayinlanadi.
(82-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3- dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 12, 15, 16, 17-bandlari. Oldingi tahrirga qarang. Mahkum jarima to‘lashdan olti oy muddat mobaynida bo‘yin tovlasa, sud
to‘lanmagan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
miqdoridagi jarimani majburiy jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda
hisoblab, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi yoki bazaviy
hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi jarimani axloq tuzatish ishlarining
bir oyiga tenglashtirgan holda hisoblab, axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo bilan
almashtiradi.
(82-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3- dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539- moddasi, 542-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”) va O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 30, 32, 32 1 -moddalari. Oldingi tahrirga qarang.