Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62
O

82
1
-modda. Majburiy jamoat ishlari 
Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga 
nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. 
Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan 
rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, o‘qish jarayonini buzmasligi lozim. 
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan majburiy 
jamoat ishlarini bajarish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan 


bo‘lsa, olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi, mahkumga bog‘liq 
bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha bo‘lgan muhlatda 
kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak. 
Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat 
ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni 
cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda 
hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan 
almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga 
qo‘shib hisoblanmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-
maydagi 346-sonli “Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil 
etish tartibi haqidagi nizomni hamda majburiy jamoat ishlari turlarining ro‘yxatini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. 
(82
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) 
83-modda. Axloq tuzatish ishlari 
Oldingi tahrirga qarang. 
Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga 
nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini 
nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa 
joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 12 va 18 — 23-bandlari. 
(83-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-
dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-
son, 56-modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o‘ndan bir 
qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud bu jazoning 
o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklashning 
yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, 
ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan 
almashtiradi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539, 541-
moddalari, 
542-moddasining uchinchi 
qismi, 545-moddasi, 
O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro 
etish”), O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar 
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 67-moddasi. 


(83-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-
modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 
(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-
modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin