168
22-jadval
Yuklarni manzilga yetkazish bo‗yicha otlarni sinash natijalari
Otlarning
laqabi
Zoti
Yoshi
(
yil
)
Otlarning
vazni (
kg
)
Dinamo
metrda
aniqlangan
tortish
kuchi (
kg
)
Ko‗rsatgan
vaqti
Atlas
Yo‗rtoqi
12
509
58,7
21 min. 24 sek.
Gordiy
Suffol
9
700
80,9
30 min. 15 sek.
Zorka
Chopqir
12
540
62,5
26 min. 30 sek.
Rustem
Barabanson
5
682
78,7
34 min. 15 sek.
HAYVONLARNING NASLDORLIK SIFATINI BAHOLASH
Hayvonlarni kelib chiqishi (shajarasi) ga ko‗ra baholash
Darsning maqsadi:
Hayvonlarni ota-onasi
va boshqa ajdodlarining
mahsuldorlik ko‗rsatkichlariga ko‗ra baholashni o‗rganish.
Kerakli jihoz va materiallar:
Hayvonlar bonitirovkasi to‗g‗risida uslubiy
ko‗rsatma, kalkulyator, ruchka, qalam, shajarasi yozilgan kuzatuv daftari.
Nazariy tushuncha
: Hayvonlar tug‗ilmasdan oldin yoki tug‗ilgandan keyingi
dastlabki kunlarida ularning o‗sishi, rivojlanishi va mahsuldorligi to‗g‗risida hech
qanday ma'lumotga ega bo‗lmasdan turib, otasi va
onasining sifatiga va kelib
chiqishiga ko‗ra hayvonlarni chamalab baholash mumkin.
Hayvonlarni kelib chiqishiga ko‗ra tanlash va baholash quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
1)
Hayvonning
zotdorligini aniqlash uchun, uning ota-onasi va boshqa
ajdodlari qaysi zotga (bir zotga yoki har xil zotga) mansub ekanligi, ya'ni sof zotli
urchitish yoki chatishtirish natijasida olinganligi aniqlanadi.
169
2)
Shajarasining ota yoki ona tomonida takrorlanuvchi ajdodlar bor yoki
yo‗qligi aniqlanadi; agar bor bo‗lsa, demak hayvon qarindoshli urchitish natijasida
olingan; bunday holatda yaqin qarindoshlik darajasi aniqlanadi.
3)
Ota-onasining
va
ancha
uzoq
ajdodlarining
mahsuldorlik
ko‗rsatkichlari bilan tanishib chiqiladi va bu ko‗rsatkichlar
qay darajada
avlodlariga o‗tganligi, keyingi bo‗g‗inlarida mahsuldorlik ko‗rsatkichlari oshganmi
yoki naslchilik ishlari noto‗g‗ri olib borilishi oqibatida keyingi avlodlarining sifati
yomonlashganligi kuzatiladi.
4)
Mahsuldorligi jihatidan yuqori ko‗rsatkichlarga ega bo‗lgan ajdodlari
bormi, ular qancha, shajarasining qaysi qatorida va ota-onasining necha yoshligida
qayd etilgan;
5)
Shajarasida naslining sifati bo‗yicha baholangan ajdodlari bormi?
Agarda hayvonlarning shajarasida yuqori mahsuldorlikka ega bo‗lgan
ajdodlari qancha ko‗p uchrasa, shu hayvon yuqori baholanadi va poda safini qayta
tiklash uchun tanlab olinadi, chunki hayvonlarning sifat ko‗rsatkichlariga ota-onasi
va ularga yaqin bo‗lgan ajdodlari katta ta'sir ko‗rsatadi.
Shajarasida nasldorlik
sifati bo‗yicha tekshirilgan va ijobiy natijalarga ega ajdodlari,
xususan erkak
vakillari bo‗lsa, bunday hayvon yanada qimmatli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: