19
9-rasm. Ovsebik (qo‘chqorbuqa).
Qo‘ylar Evropa yovvoyi qo‘yi ( Ovis ammon) muflon, argali va arxardan
kelib chiqqan.
Ular asosan Markaziy, O‘rta, Old va Kichik Osiyoning tog‘li
erlarida tarqalgan (10-rasm).
Umuman xonaki qo‘ylar, asosan uchta markaz (Evropa, Yaqin Sharq va
Markaziy Osiyo) da qo‘lga o‘rgatilgan.
Hozirgi vaqtda dunyoda qo‘ylarning 150 dan ko‘proq zoti bo‘lib, ular asosan
4 xil tipga mansubdir: 1. Kalta dumli qo‘ylar tipi. 2 Uzun dumli yoki oriq dumli
qo‘ylar tipi. 3 Moy quyruqli yoki keng quyruqli qo‘ylar tipi. 4. Dumbali qo‘ylar
tipi.
10-rasm. Yovvoyi qo‘chqor (Ovis ammon)
20
Echkilar
asosan Old Osiyo va Janubi-Sharqiy
Evropada yovvoyi holda
yashagan. Burama shoxli ( Capra falconeri) echkilar g‘arbiy himolay tog‘larida,
Kashmir va Afg‘onistonda hamda Tojikistonning janubi-g‘arbidagi tog‘larda
hozirda ham yovvoyi holda yashayd (11-rasm).
11-rasm. Burama shoxli yovvoyi echki
Xonaki parandalarni
inson dastlab xo‘jalik maqsadlari (go‘shti, tuxumi,
pati va pari) va estetik zavq olish uchun (dekorativ qushlar) qo‘lga o‘rgatilgan.
Xo‘jalik maqsadlari uchun asosan tovuq, o‘rdak, g‘oz , kurka xonakilashtirilgan.
Tovuq
Hindiston, Birma va Malayya arxipelagidagi o‘rmonlarda
hozir ham
yashab kelayotgan yovvoyi
bankiv
(Gallus gallus) tovug‘idan kelib chiqib, ularni
qo‘lga o‘rgatish eramizdan 2000 yil avval boshlangan. Hozirgi vaqtda
tovuqlarning urushqoq-
dakan,
serpusht va go‘shtdor zotlari yaratilgan. (12 -rasm).
O‘rdaklar
asosan Evropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan
yovvoyi o‘rdak (Anas plathyrhynchos) dan kelib chiqqan (13-rasm).
Ular avval
Xitoyda so‘ng Evropada qo‘lga o‘rgatilgan.
Qo‘lga o‘rgatilgan g‘ozlarning g‘arbiy Evropa zotlari Evropada hamda
Osiyoning shimoliy va o‘rta qismlarida keng tarqalgan yovvoyi ko‘k g‘ozlardan
(Anser anser); tumshug‘ining osti bo‘rtmali, oyog‘i, tumshug‘i qora,
xitoy g‘ozlari
esa yovvoyi xitoy g‘ozi dan kelib chiqqan (14 -rasm).