O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


 Hayvonlar seleksiyasida qo‘llaniladigan asosiy usullar?



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

10. Hayvonlar seleksiyasida qo‘llaniladigan asosiy usullar? 
A. Sof zotli va duragaylash
B. Gibridologik usul 
C. Tanlash va duragaylash
 
usullari
D. Sof zotli va chatishtirish 
11. Hayvonlar seleksiyasida duragaylashning qanday turlari qo‘llaniladi? 
A. Turlararo va zotlararo chatishtirish
B. Gibridlash va geterozis 
C. Liniyalararo va zotlararo chatishtirish
D. Inbriding va autbriding
12. Turlararo duragaylashning asosiy kamchiligi?
A. Naslining bepushtligi 
B. Ishсhanligi 
C. Sermahsulligi 
D. Jinsiy hujayralarning urug‘lanmasligi 
13. Hayvonlar seleksiyasida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar? 
A. Gibridlash va geterozis
B. Hujayra va gen injenerligi
C. Sof zotli va duragaylash 
D. Liniyalararo va zotlararo chatishtirish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


16 
II BOB 
 UY HAYVONLARINING KELIB CHIQISHI, XONAKILASHTIRILISHI 
VA EVOLYUTSIYASI 
Uy hayvonlari, jumladan qishloq xo‘jalik hayvonlarining paydo bo‘lishi 
insoniyatning ma‘lum bir tarixiy rivojlanish davri bilan bog‘liqdir. Tabiat 
rivojlanishining mezolit davrida (taxminan 12-15 ming yil oldin) ibtidoiy 
jamoalarning ko‘chmanchilik (ovchilik)dan o‘troq holda yashash sharoitiga o‘tishi 
natijasida odamlar o‘zlarining kundalik oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va 
ehtiyojlarini ta‘minlash maqsadida yovvoyi hayvonlarni tutib g‘or va atroflari 
o‘ralgan qo‘rovlarga qamab qo‘ganlar. Tutib olingan o‘ljalarini o‘t-o‘lanlar bilan 
boqib, qol‘ga orgata boshlaganlar va ulardan odamlar tirik go‘sht zaxirasi sifatida 
kundalik turmushida foydalangan. Keyinchalik, qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlardan
nasl olish, sut, jun, go‘sht, teri kabi mahsulotlar yetitirishni o‘rgandilar.
Hozirgi vaqtda xonakilashtirilgan barcha turdagi hayvonlar yovvoyi 
hayvonlardan kelib chiqqan. 
Birinchi navbatda itlarning yovvoyi ajdodlari bo‘lmish –bo‘ri va chiyabo‘rilar
qo‘lga o‘rgatila boshladi. Yangi tosh (neolit) asrida odamlar yovvoyi to‘ng‘izlarni 
xonakilashtirdi. 
Xonakilashtirilgan ko‘pchilik qoramol zotlari qadim zamonlarda Osiyo
Evropa va Shimoliy Afrikada keng tarqalgan va hozirda esa qirilib ketgan yovvoyi 
buqa – 
tur 
(Bos primigenius) dan kelib chiqqan (4-rasm).
Turning so‘ngi avlod vakillari bundan 300 yilcha avval Polshada tugatilgan. 
Ularning topilgan bir qancha bosh skleti va gavda skletiga qaraganda jasadi katta, 
shoxlari uzun, baquvvat va o‘tkir uchli, rangi esa qora, to‘q jigar rang bo‘lgan. 
Aniqlanishicha, xonaki qoramol zotlari shu turlarning ikkitasidan: janubiy rus 
turi (Bos primigenius) bilan hind-turkiston turi (Bos primigenius nomadicus) dan
kelib chiqqan. 
Tur Osiyoda ham, Evropada ham eramizdan taxminan 8000 yil avval 
xonakilashtirilgan. 


17 
4-rasm. Tur. 
Inson uch maqsadda: ish hayvoni sifatida, sut va go‘sht mahsulotlari olish 
uchun foydalangan hamda hayvonlardagi bu xususiyatlar rivojlantirilgan. Ulardan 
esa yangi zotlar yaratilgan. 
Qoramollar qanday yovvoyi ajdoddan kelib chiqqanligidan qat‘iy nazar, bir-
biri bilan bemalol chatisha oladi va nasl beradi. 
Qo‘tos va buyvol ham yirik shoxli hayvonlar qatoriga kiradi va uy hayvoni 
sifatida ulardan foydalaniladi (5 va 6-rasmlar). Lekin buyvol sigir bilan 
chatishtirilganda nasl bermaydi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin