16
II BOB
UY HAYVONLARINING KELIB CHIQISHI, XONAKILASHTIRILISHI
VA EVOLYUTSIYASI
Uy
hayvonlari, jumladan qishloq xo‘jalik hayvonlarining paydo bo‘lishi
insoniyatning ma‘lum bir tarixiy rivojlanish davri bilan bog‘liqdir. Tabiat
rivojlanishining mezolit davrida (taxminan 12-15 ming yil oldin) ibtidoiy
jamoalarning ko‘chmanchilik (ovchilik)dan o‘troq holda yashash sharoitiga o‘tishi
natijasida odamlar o‘zlarining kundalik oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va
ehtiyojlarini ta‘minlash maqsadida yovvoyi hayvonlarni tutib g‘or va atroflari
o‘ralgan qo‘rovlarga qamab qo‘ganlar. Tutib olingan o‘ljalarini o‘t-o‘lanlar bilan
boqib, qol‘ga orgata boshlaganlar va ulardan odamlar tirik go‘sht zaxirasi sifatida
kundalik turmushida foydalangan.
Keyinchalik, qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlardan
nasl olish, sut, jun, go‘sht, teri kabi mahsulotlar yetitirishni o‘rgandilar.
Hozirgi vaqtda xonakilashtirilgan barcha turdagi hayvonlar yovvoyi
hayvonlardan kelib chiqqan.
Birinchi navbatda itlarning yovvoyi ajdodlari bo‘lmish –bo‘ri va chiyabo‘rilar
qo‘lga o‘rgatila boshladi. Yangi tosh (neolit) asrida odamlar yovvoyi to‘ng‘izlarni
xonakilashtirdi.
Xonakilashtirilgan ko‘pchilik qoramol
zotlari qadim zamonlarda Osiyo,
Evropa va Shimoliy Afrikada keng tarqalgan va hozirda esa qirilib ketgan yovvoyi
buqa –
tur
(Bos primigenius) dan kelib chiqqan (4-rasm).
Turning so‘ngi avlod vakillari bundan 300 yilcha avval Polshada tugatilgan.
Ularning topilgan bir qancha bosh skleti va gavda skletiga qaraganda jasadi katta,
shoxlari uzun, baquvvat va o‘tkir uchli, rangi esa qora, to‘q jigar rang bo‘lgan.
Aniqlanishicha, xonaki qoramol zotlari shu turlarning ikkitasidan: janubiy rus
turi (Bos primigenius) bilan hind-turkiston turi (Bos primigenius nomadicus) dan
kelib chiqqan.
Tur Osiyoda ham, Evropada ham eramizdan taxminan 8000 yil avval
xonakilashtirilgan.
17
4-rasm. Tur.
Inson uch maqsadda:
ish hayvoni sifatida, sut va go‘sht mahsulotlari olish
uchun foydalangan hamda hayvonlardagi bu xususiyatlar rivojlantirilgan. Ulardan
esa yangi zotlar yaratilgan.
Qoramollar qanday yovvoyi ajdoddan kelib chiqqanligidan qat‘iy nazar, bir-
biri bilan bemalol chatisha oladi va nasl beradi.
Qo‘tos va buyvol ham yirik shoxli hayvonlar qatoriga kiradi va uy hayvoni
sifatida ulardan foydalaniladi (5 va 6-rasmlar).
Lekin buyvol sigir bilan
chatishtirilganda nasl bermaydi.
Dostları ilə paylaş: