10
Hayvonlar seleksiyasida duragaylashning ikki xil turi: qon-qarindoshli
(
inbriding
) va qarindosh bo‘lmagan (
autbriding
) usullari qo‘llaniladi.
Yaqin qarindosh bo‘lgan vakillarni o‘zaro juftlashtirish keyingi avlodlarda
gomozigotalik holatining ortib ketishiga va, aksariyat hollarda naslning mayib-
majruh tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Shunga qaramasdan, ayrim holatlarda (noyob
belgi va xususiyatlarni saqlab qolish, mustahkamlash va rivojlantirish) qon-
qarindoshli chatishtirish usulidan hayvonlar seleksiyasi amaliyotida foydalaniladi.
Inbriding depressiyasining salbiy oqibatlaridan xalos bo‘lish maqsadida boshqa
tizim yoki zot vakillari bilan chatishtirish usullaridan foydalaniladi. Shunday yo‘l
bilan taniqli seleksiyachi olim M.F.Ivanov tomonidan sermahsul ukraina oq cho‘l
zotli cho‘chqa va askaniya rambulesi nomli mayin junli qo‘y zotlari hamda boshqa
bir qancha zotlar yaratildi.
Hayvonlar seleksiyasi tadqiqot usullariga ko‘ra, o‘simliklar seleksiyasidan
bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Birinchidan, hayvonlar uchun
asosan jinsiy ko‘payish xarakterlidir. Shuning uchun har qanday zot,
murakkab
geterozigotali tizim mahsuli hisoblanadi. Ikkinchidan, ko‘pchilik hayvon turlarida
jinsiy etilish muddati juda kech kuzatiladi, tug‘ilgandan keyin bir necha yillar
o‘tgach ko‘payish va avlodlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Uchinchidan,
hayvonlarning nasl berish qobiliyati o‘simliklarga nisbatan bir necha baravar kam
bo‘lib, umri davomida sanoqli miqdordagina (sigir, qo‘y va echkilar 10-15 bosh,
cho‘chqalar – 100-150 boshgacha) nasl qoldiradi. Shuning uchun seleksiyachi
olimlar hayvonlardan
maksimal darajada foydalanish, ularning iqtisodiy
samaradorligini oshirish maqsadida tanlash va saralashning yangi, zamonaviy
usullarini yaratib, amaliyotga joriy etmoqda. Ularga hayvonlarni sun‘iy
urug‘lantirish, jinsiy mayillikni sinxronlashtirish va superovulyatsiyani yuzaga
chiqarish, murtakni transplantatsiyalash (ko‘chirib o‘tkazish),
hujayra va gen
muhandisligi usullari orqali transgen hayvonlar olish va b. misol keltirish mumkin.
Hayvonlar seleksiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri geterozislik
hodisasidan foydalanish hisoblanadi. Xususan, undan parandachilikda broyler
jo‘jalari etishtirishda keng qo‘llaniladi.
11
Poliploidiya usuli hayvonlar seleksiyasi amaliyotida deyarli qo‘llanilmaydi.
Bu usulga misol tariqasida genetik V.L.Astaurov tomonidan yaratilgan va
partenogenez yo‘l bilan ko‘payuvchi poliploidli tut ipak qurti duragaylarini misol
keltirish mumkin.
Turlararo duragaylash natijasida olingan xachir (
hangi × biya
), nortuya (bir
o‘rkachli va ikki o‘rkachli tuyalarni o‘zaro chatitirishdan olingan duragay avlod),
qo‘tos va qoramollarni o‘zaro chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlar
insonlar tomonidan qadimdan amaliyotda foydalanib kelinmoqda.
Bu turdagi
duragaylar o‘zlarining ota-onalariga nisbatan yuqori ishchanlik va chidamlilik
xususiyatiga ega. Ularning birdan-bir kamchilgi- bepushtlik hisoblanadi. Ayrim
holatlarda xonakilashtirilgan hayvonlarni yovvoyi ajdodlari bilan duragaylash
natijasida nasl berish qobiliyatiga ega bo‘lgan duragay avlodlar olishga ham
erishilgan va ulardan seleksiya ishlarida foydalanish mumkin. Masalan,
mayin
junli merinos qo‘ylarini yovvoyi qo‘chqor-arxar bilan chatishtirilishi natijasida
mayin junli arxaromerinos qo‘y zoti yaratilgan bo‘lib, ularni yil davomida baland
tog‘li yaylovlarda boqib o‘tlatish mumkin. Qoramollarni zebu bilan chatishtirish
natijasida ham sut yo‘nalishidagi bebaho duragay avlodlar olingan.
Hayvonlar seleksiyasida qo‘llanilayotgan yangi usullarga xujayra va gen
injenerligi usullarini kiritish mumkin (1-rasm).
Dostları ilə paylaş: