26
Buni gibridizatsiya natijasida birinchi avlod
duragaylarida yuz beradigan
geterozislik hodisasini misol tariqasida ko‘rsatish mumkin.
Hayvonlar seleksiyasida gibridizatsiya usuli bilan quyidagi hayvon turlari va
zotlari yaratilgan:
Arxaromerinos.
Ushbu
zot
1934-1950
yillarda
Qozog‘iston
Respublikasining Alma-ata
viloyatida tog‘li o‘lkalarda
yashovchi yovvoyi arxar
qo‘chqorlarining urug‘i bilan mayin junli prekos zotli sovliqlarni sun‘iy
urug‘lantirish natijasida yaratilgan. Duragay zotning yaratilish tarixiga nazar
soladigan bo‘lsak, dastlab Qirg‘iziston tog‘larida yangi otib o‘ldirilgan
yovvoyi
arxar qo‘chqorining urug‘i bilan Novokavkaz zotli mayin junli qo‘ylar
urug‘lantirildi va ulardan olingan to‘rt bosh birinchi avlod duragay qo‘chqorlarini
Qozog‘iston Respublikasiga keltirib, ularning urug‘i bilan prekos zotli sovliqlar
sun‘iy urug‘lantirildi va ikkinchi avlod duragaylari olindi.
Ikkinchi avlod
duragaylari yana sof zotli prekos qo‘chqorlari bilan chatishtirilib,
uchinchi avlod
duragaylari olindi. Ikkinchi avlod duragaylarida mayin jun qoplamlari etarli
darajada bo‘lmasada,
uchinchi avlod duragaylarida, maqsadga muvofiq bo‘lgan
tipdagi hayvonlar soni anchagina ko‘p edi va ularni ―o‘z-o‘ziga‖ chatishtira
boshladilar. Duragay hayvonlar yil davomida qo‘shimcha oziqasiz baland tog‘li
(dengiz sathidan 2,5-3 ming m balandlikda) yaylovlarda boqildi.
Dostları ilə paylaş: